
Mazkur loyihaga biologiya fanlari doktori, professor Hazratqul Qarshiboyev rahbarlik qilib kelmoqda. Loyiha 3 yilga mo‘ljallangan.
"Lycium"ning asl kelib chiqish vatani Xitoy hisoblanadi. Uning dunyoda 90 dan ortiq turlari mavjud. O‘zbekistonda 3 ta yovvoyi turi uchraydi. "Lycium"ning tabobatda o‘simlikning mevalari, ildizi va barglari ishlatiladi.
Shuningdek, u oziq-ovqat sanoatida va tabiiy bo‘yoq olishda qo‘llaniladi. Mevasi Godji nomi bilan butun dunyoga mashhur. Godji mevasining asosiy xususiyati shundaki, tarkibi saratonga qarshi unsurlarga boy. Afsuski, tabiatda juda kamyob.
– Italiya, Germaniya, AQSH, Kanada, Xitoy, Koreya hamda yaqin sharq mamlakatlarida keng qo‘llaniladi. U Sharq mamlakatlarining 7 tasi farmakopeyasiga kiritilgan, – deydi Innovasion rivojlanish bosh boshqarmasi mutaxassisi Nurbek Ayaqulov.
– O‘simlikning mevalari tarkibida ko‘p miqdorda askorbin kislota, vitaminlar va biologik faol moddalar borligi aniqlangan. O‘simlikning pishib yetilgan mevalari karotinga, V1, V2, PP, C vitaminlariga juda boy. Ko‘p miqdorda aminokislota va oqsillar, polisaxaridlar, taurin, tetraterpenlar fizalein, betain, ko‘pgina makro va mikroelementlarni saqlaydi.
Mevasi antioksidantlik faolligi juda yuqori. Shu sababli Godji mevalari modda almashinuvini yaxshilash, aqliy va jismoniy toliqishni tiklash, qarish jarayonini sekinlashtirish, organizmdagi endokrin bezlar gormon ishlab chiqarishini kuchaytirish, immunitetni tiklash, hamda anemiya, diabet, qon-tomir tizimi va teri kasalliklarida keng qo‘llaniladi.
E’tiborlisi shundaki, mazkur o‘simlik sho‘rlangan tuproqlarda ham o‘sadi. Amaliy loyihaning maqsadi Respublikamiz uchun yangi bo‘lgan dorivor introdutsent o‘simlik Lyciumning 1 ta turi va 1 ta formasi (Xitoy formasi)ni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularning birlamchi urug‘chilik plantasiyalarini tashkil etish hisoblanadi. Loyiha bo‘yicha dorivor "Lycium barbarum" onalik plantasiyalarini tashkil etish uchun Sirdaryo o‘rmon xo‘jaligi va Xovos tumanidagi «Obod yurt bog‘lari» dehqon-fermer xo‘jaligi, Jizzax viloyati Zomin o‘rmon xo‘jaligi va «Qutchi» dehqon-xo‘jaligi bilan o‘zaro shartnomalar imzolandi. Ular tomonidan ajratilgan yerlarga Godji o‘simligi urug‘lari ekildi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi