



Binoning ochilishida Guliston tumani hokimi Saydimqul Begimkulov, “Agrobank” ATB tuman filiali xodimlari, fermerlar, dehqon xo‘jaligi rahbarlari, aholi vakillari hamda bir guruh nuroniylari ishtirok etdi.
Ushbu loyihaga “Agrobank” ATB tuman filiali tomonidan “Syentr agro servis klass” MCHJga 800 mln. so‘m mablag‘ ajratilib, birlamchi talablar asosida agrolaboratoriya, onlayn maslahatlar, urug‘ va ko‘chatlar yetkazib berish, issiqxona qurish, agrodo‘kon, mini texnikalar sotish do‘koni va xizmat ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Keyingi bosqichda meva-sabzavotlarni sotib olish, saralash, qayta ishlash, qadoqlash va saqlash, manzarali daraxt va landshaft xizmati, inkubator, o‘quv markazi, muzlatgich, qishloq xo‘jalik sug‘urta xizmatlari, avtomatlashtirilgan bank xizmatlari, suv tajovchi texnologiyalarni joriy qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.
Markazning asosiy maqsadi tuman aholisi va fermerlariga sifatli agro xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, ularning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdan iborat. Fuqarolarimiz qishloq xo‘jaligi, tomorqa va landshaft dizayni borasida mavjud muammolar va savollarga shu markaz orqali javob hamda yechim topa oladi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi