Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +25.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda pilla rejasi ortig‘i bilan bajarildi
Sirdaryo viloyati pillakorlari tomonidan bu yil 11 655 quti ipak qurti parvarishlandi, 664,7 tonna “kumush tola” yetishtirilib, reja ortig‘i bilan bajarildi.

Ta’kidlash kerakki, o‘tgan yili viloyatda 114,9 gektarga yaqin yangi tutzorlar barpo etilib, 5 433,5 ming tup tut ko‘chatlari ekilgan edi. Joriy yilda bunga qo‘shimcha ravishda 4 602,7 ming tup tut ko‘chatlari o‘tqazilib, parvarishlandi. Bu esa ipak qurti uchun yetarli ozuqa bazasi yaratilishiga, pilla hosili mo‘l bo‘lishiga zamin yaratdi. Bundan tashqari, viloyatning shahar va tumanlaridagi 2 033 ta fermer xo‘jaliklari bilan 1 ta pillachilik klasterlari o‘rtasida pilla yetishtirish bo‘yicha shartnomalar hamda fermer xo‘jaliklari bilan 7 429 nafar qurt boquvchilar o‘rtasida ichki mehnat shartnomalari tuzildi.

Har bir tumanda tashkil etilgan inkubatoriylarga malakali mutaxassislar biriktirildi, sifatli urug‘ yetishtirishga e’tibor qaratildi. Zarur jihoz va uskunalar bilan ta’minlandi.

E’tiborlisi, muhtaram Prezidentimizning e’tiborlari tufayli keyingi yillarda pillachilik tarmog‘i jadal rivojlanmoqda. Bunda eksport imkoniyatlari yildan yilga yaxshilanib borayotgani, mehnat qonunchiligida alohida imtiyozlar joriy etilayotgani, ipak qurti boqish aholining doimiy daromad manbaiga aylanayotgani ahamiyatlidir, – deydi viloyat Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Sultonov.

– Avvalo, pillachilik klasterlari bilan hamkorlikda har yili yangi ish o‘rni yaratilmoqda. Har bir kilogramm pilla hosili uchun bu yil 24 700 so‘mdan tarozi ustida naqd pul to‘lab berildi. Shuningdek, 5 000 so‘mdan davlat subsidiya mablag‘i ham to‘lanyapti. Daromad yaxshi bo‘lgach, mehnatga munosabat ham, intilish va g‘ayrat ham o‘zgacha bo‘lishi tabiiy.

Viloyatda “kumush tola” xirmoni yuksalishida “Gʻallakor fayzli zamin”, “Xasan Tillayevich”, “Furqat xamkor”, “Bozorboy ota”, “Turdibek o‘g‘li Dilshod”, “Xaydarboy” kabi fermer xo‘jaliklari hamda Xilola Bo‘tayeva, Dilfuza Musayeva, Xalima Uzoqova, Rohila Donoboyeva, Abdug‘ani Mirzayarov, Xolbuvi Aripova, Avaz Saidbekov kabi ilg‘or kasanachilarning hissasi katta bo‘ldi. O‘rtacha hosildorlik 57,2 kilogrammni tashkil etgani holda, pilla terimi davom etmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish