Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +29.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda suv xoʻjaligi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan mutasaddilar ishtirokida seminar tashkil etildi
Suv xoʻjaligi tashkilotlarida yordamchi xoʻjaliklarni rivojlantirish, kollektor-drenaj tarmoqlarini klaster va suv isʼtemolchilariga biriktirib berish hamda kollektorlar boʻyidagi doʻngliklarni tekislab, yerga-yer qoʻshish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.R.Hamrayev, viloyat xokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari D.Abdurahmonov, suv xoʻjaligi vazirligi mutasaddilari, klaster va fermer xoʻjaligi rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar xavza boshqarmalari boshliq oʻrinbosarlari, melioratsiya ekspeditsiya boshliqlari ishtirok etdilar.

Seminar qatnashchilari dastlab Quyi Sirdaryo ITHB tasarrufidagi Shoʻrazak-Sirdaryo ITBda boʻlib, u yerda tashkil etilgan yordamchi xoʻjalikdagi limonchilik, qoʻychilik, quyonchilik, baliqchilik, parrandachilik faoliyati bilan tanishdilar. Seminar qatnashchilarida ITB da barpo qilingan limonariya katta taassurot qoldirdi. Seminar qatnashchilari Sayxunobod tumanidagi“ Sirdaryo politeks” klasteriga qarashli dalalarda boʻlib u yerda kollektor-drenaj tarmoqlarini klaster va suv isteʼmolchilariga biriktirib berish, kollektorlar boʻyidagi “roщa”larni tekislab, yerga yer qoʻshish ishlarini amaliy koʻrgazmalar misolida koʻrib tajriba orttirdilar.

- Viloyatimizda 7 832 km kollektor-drenaj tarmoqlari mavjud boʻlib, shundan 1 974 km qismi meliorativ ekspeditsiya hisobida, 5 857,6 km qismi xoʻjalik ichki kollektor-drenaj tarmoqlari hisoblanadi. Ushbu ochiq kollektor-drenaj tarmoqlarini davlat-xususiy sheriklik asosida 11 ta klasterlarga berish rejalashtirilgan boʻlib, amalda 5 857 km, yaʼni 100 foiz klasterlarga dalolatnoma asosida berildi. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi 105 dona pasportlarni(tablichka) oʻrnatish rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda jami 93 dona pasport oʻrnatildi. Viloyatda mavjud kollektor-drenaj tarmoqlari boʻyidagi“ roщa”larni tekislash hisobiga 2,0ming gektardan ortiq maydonlarni ochish belgilangan. Topshiriq berilgandan buyon ushbu tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha bugungi kunga qadar “roщa” larni tekislash rejasi viloyat boʻyicha 1,1ming gektarga bajarildi. Teyeislangan ushbu maydonlarga poliz va sabzavot ekinlari ekildi, - dedi oʻz nutqi davomida Quyi Sirdaryo ITHB boshligʻi Sh.Isroilov. - Kelgusida rejalarimiz koʻp. Viloyatimiz suvchilari uchun ularning mashaqqatli mehnatlarini qadrlagan holda dam olish kompleksini barpo etmoqchimiz.

- Sirdaryo viloyati suvchilari koʻp sohalarda oʻrnak boʻlib kelmoqda, - dedi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R.Hamrayev. - Viloyatda klasterlar bilan ishni toʻgʻri tashkil etib, bundan-da samarali va foydali natijalarga, baliqchilikni rivojlantirib katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 196-sonli qarori boʻyicha maxsus xizmat guruhlarini oqilona tashkil etib, ularning kelgusidagi vazifalarini mohiyatini chuqur singdirishimiz kerak. Ana shunda suvimizni yanada tejamli va maqsadli ishlatishimizda qiyinchilik boʻlmaydi.

- Sirdaryoning yurtimizda barchaga oʻrnak qilib koʻrsatishga arzigulik klasterlari, fermer xoʻjaliklari bor, - dedi Suv xoʻjaligi vazirligi melioratsiya boshqarmasi boshligʻi Q.Murodov. - Klasterlar bilan ishni birga toʻgʻri tashkil etib, xususiy sherikchilikni rivojlantirsak ishimizda katta unum boʻladi. Bunda davlatimizning katta mablagʻi tejaladi,dehqonning daromadi ortadi. Qolaversa ular davlatdan 10 yil mobaynida subsidiya oladi.

Boʻlib oʻtgan seminar qosh qorayguncha davom etdi. Respublikamizning turli hududlaridan kelgan soha xodimlari Suv xoʻjaligi vaziridan, mutasaddilardan, mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish