
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Yozuvchilar uyushmasi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Sirdaryo viloyat hokimligi hamda keng jamoatchilikning O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon yashab ijod qilgan Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasi 7-uy manzilida To‘ra Sulaymon uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Sirdaryo viloyat hokimligi uy-muzeyni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqishda:
-mazkur ob’yektning 2022 yil 31 dekabrga qadar foydalanishga topshirilishi;
-uy-muzey hovlisida shoirning haykali o‘rnatilishi;
-uy-muzey binosini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha binolar qurish va atrofini obodonlashtirish;
-Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasiga hamda mazkur mahalladagi 19-sonli umumta’lim maktabiga To‘ra Sulaymon nomini berish;
-uy-muzeyga aylantiriladigan Mirzaobod tumani, “Turg‘un Ahmedov” MFY, Baxmal ko‘chasi, 7-uy manzilidagi binoda shoirning mulk huquqi asosida istiqomat qiluvchi qarindoshlarini belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlashni nazarda tutadi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi