Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Elmira Basitxanova: “Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari tajribasi etalon bo‘lishi kerak.”

Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada Prezidentimizning 2022 yil 18 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi Farmoni ijrosiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Sog‘liqni saqlash vazirining onalik va bolalikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rinbosari Elmira Basitxanova ishtirok etib, soha xodimlari oldida turgan vazifa, uning ijrosi yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Har bir tibbiyot birlashmasi, unga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar negizida 0-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish va reabilitasiya qilish, yuqori malakali tibbiy-konsultativ, diagnostika xizmatini ko‘rsatadigan, har jihatdan mukammal bo‘lgan  bolalar bo‘limlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, bunda qaysi jihatlarga ahamiyat qaratilishi lozimligi yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25 apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, "2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to‘g‘risida"gi hamda «Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qo‘yilgan bemor bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va dori vositalarini bepul yetkazib berish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosi ham muhokama qilindi.

Vazir o‘rinbosari poliklinikada yangidan ish boshlagan, bolalar bo‘limi imkoniyatlarini ko‘zdan kechirdi. U yerda yaratilgan shart-sharoit bilan tanishar ekan, bolalar bo‘limi bilan birga ayollar uchun maslahatxona ham joylashganligi eng to‘g‘ri qaror bo‘lganligini ta’kidladi. Muassasada to‘laqonli ona-bola klasteri tashkil etilganidan mamnun ekanligini bildirib, soha xodimlariga qo‘shimcha tavsiya va maslahatlar berdi.

– Eng, muhimi, Guliston shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tashkil qilingan bolalar bo‘limidek bo‘limlarni barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda may oyining so‘ngiga qadar tashkil etish, buning uchun esa ularga Guliston shahar tibbiyot birlashmasi tibbiyot xodimlari tajribasi etalon bo‘lishi kerak, – Elmira Basitxanova. 

Seminarda Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Fayzulla Mavlonov hamda tuman tibbiyot birlashmalari bosh vrach va bosh hamshiralari ishtirok etdi. Soha xodimlarini qiziqtirgan savollarga vazir o‘rinbosari atroflicha javob berdi.

Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish