Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Qonun mohiyatiga bag‘ishlandi
Ma’lumki, joriy yilning 20 aprel kuni “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Markaziy bank Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasida 2022 yil 7 may kuni Respublika Markaziy bankining tegishli departament xodimlari ishtirokida mazkur Qonunni mazmun-mohiyati va talablari, shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tushuntirishlar va ko‘rsatmalar berishga qaratilgan seminar  bo‘lib o‘tdi.

Xususan, mazkur qonun bilan joylarda ish olib borayotgan va yangi tashkil etilayotgan nobank kredit tashkilotlari, jumladan lombardlar, mikromoliyalashtirish tashkilotlari hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish, ularning faoliyatini ortiqcha tartibga solishning oldini olish va bu borada ushbu tashkilotlar xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar huquqlarini himoya qilishga qaratilganligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Seminarda ishtirok etgan Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi bo‘lim boshliqlari, viloyat, tuman va shahar tijorat banklari rahbarlari va mas’ul xodimlari, shuningdek, nobank kredit tashkilotlari rahbarlari tomonidan yangi qonun bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan masalalari bo‘yicha bergan savollariga Respublika Markaziy bank mas’ul xodimlari tomonidan to‘laqonli javoblar berildi.

Shuningdek, seminar yakunida bank tizimi xodimlariga yana bir bor korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan qabul qilingan qonun hujjatlari, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Markaziy bank Sirdaryo viloyati Bosh boshqarmasi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish