Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Vatan siz bilan faxrlanadi! Siz – Sirdaryo viloyatining faxrisiz, g‘ururisiz.

Bugun Sirdaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushida Vatan uchun qon kechgan 3 nafar qahramon yashayapti. Darvoqe, ular bir paytlar norg‘ul, durkun yigitlar edi. Bugun esa sharafga burkanib, o‘tgan yillarning taxir zahmatlarini hikoya qilayaptilar.

Sirdaryo tumanida istiqomat qiluvchi Shvedenko Ivan Ilich 1943 yil, 17 yoshida o‘z ixtiyori bilan urushga ketadi. U 1-Belorus frontining 5-zarbdor armiyasi piyodalar vzvodi pulemyotchisi bo‘lib xizmat qilgan.

Ivan Shvedenko 1953 yildan boshlab «O‘zbekgidrogeologiya» tashkilotida 70 yoshigacha mehnat qildi. Buxoro, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida o‘nlab mineral quduqlarni aniqlash ekspedisiyasida qatnashdi.

Ivan Ilich turmush o‘rtog‘i, marhum Yevdokiya Dmitrevna bilan birgalikda 1 o‘g‘il va 1 qiz farzandni tarbiyalab, kamolga yetkazdi. Bugungi kunda 4 nevara, 1 chevaraning suyukli bobosidir.

Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev hamda viloyat faollari Ivan Ilich xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan qutladi. Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, bir martalik pul mukofoti, «Mustaqillik monumenti» statuetkasi hamda sovg‘alar topshirildi.

"Vatan siz bilan faxrlanadi! Siz – Sirdaryo viloyatining faxrisiz, g‘ururisiz", – dedi viloyat rahbari.

Otaxon davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi e’tibordan mamnunligini bildirdi. Dorilamon kunlarga shukrona aytib, ayniqsa, yoshlarimiz tinch va farovon hayotni qadrlamog‘i kerakligini ta’kidladi.

Bu kabi madaniy-ma’rifiy va xotirlash tadbirlari viloyatning boshqa tumanlarida ham davom etmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish