Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Urush faxriysi holidan xabar olindi

Bugungi kunda viloyatimizda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari 3 kishi, xususan Guliston shahri, Boyovut va Sirdaryo tumanlarida 1 nafardan faxriy umrguzaronlik qilishmoqda. O‘tgan yili bu kunlarda ularning soni 6 nafar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni bilan, ularning har biriga o‘n besh million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti tantanali va bayramona ruhda topshirilmoqda.

Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev hamda viloyat faollari Guliston shahrida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 96 yoshli Pirmatov Bektursun ota xonadonida bo‘lib, bayram bilan tabrikladi.

Bektursun otaga davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, bir martalik pul mukofoti, "Mustqillik monumenti" statuyetkasi hamda bayram sovg‘alari ulashildi.

Otaxon vatan ozodligi uchun kechgan janglar, urushdan keyingi mehnat faoliyati to‘g‘risida gapirib berdi. Bugungi dorilomon kunlarga shukrona aytib, endi hech qachon urush bo‘lmasin, deya duo qildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish