Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Qanliko‘ldagi uchta mahalla aholisi endi suv tanqisligidan aziyat chekmaydi

Ma’lumki, sanoat, ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo‘jaligi kabi qator sohalarning rivojlanishiga suvning ta’siri juda katta. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi ham bevosita hayot manbaiga bog‘liq.

O‘tgan asrda Orol dengizining qurishi Qoraqalpog‘istonning barcha hududlari singari 54 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Qanliko‘l tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Avval xabar berganimizdek, Qanliko‘l tumanida mutasaddilardan iborat Sirdaryo viloyati shtabi tuzilgan bo‘lib, mahalliy mas’ullar bilan birga tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Xususan Xovos tumani ishchi guruhi "Madaniyat" mahallasida ish boshlagan.

Mazkur mahallada 1 ming 22 ta xonadonda 5 ming 286 nafar aholi, shundan 2581 nafar ayollar istiqomat qiladi. Hududda 2 ta maktab, 1 ta 360 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, tibbiyot birlashmasi, 1 ta oilaviy poliklinika, 15 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari va 2 ta qolipli non ishlab chiqarish korxonasi mavjud.

Ishchi guruhi tomonidan mahalla hududi xonadonbay o‘rganilganda aholi vakillarining tomorqadan foydalanish darajasi pastligi ma’lum bo‘ldi. Bunga sabab suv tanqisligi muammosi. Yechim sifatida "Suyenli" kanalidan "Yoshlar" kanaliga nasos qurilmasini o‘rnatish taklifi bildirildi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif ishchi guruhi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, “Madaniyat” va unga tutash “Do‘stlik”, "Navro‘z” mahallalaridagi 30 gektar tomorqa yer maydonini suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega quvvati 15 Kvt bo‘lgan 350 l/sli suv osti nasosi hamda KTPS 100 KvA quvvatli transformator o‘rnatildi. Shuningdek, 10 sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 3 dona filtrlash uskunasi bilan jihozlandi.

"Shu kungacha biz tomorqamizda turli hildagi poliz mahsulotlarini yetishtirishni orzu qilardik, lekin suv tanqisligi, uni olib kelishga moliyaviy sabablar to‘sqinlik qilardi. Bugun orzuimiz amalga oshdi. Bugun niyat qilasan ertaga amalga oshadi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi ham shu aslida. Biz Qanliko‘lliklar davlatimiz rahbarining ushbu e’tiboridan mamnunmiz”- deydi mahalla raisi Bazarbay Ubaydullayev.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish