
Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, notiqlik bo‘yicha xalqaro toifadagi murabbiy Jamila Shermuhammedova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ijod maktabi direktori Pokiza Axmedjanova ochib berdi. O‘quvchilarga uchrashuvdan maqsad, ularning ilmga, ijodga yanada mas’uliyatli bo‘lib yondashishlarini alohida qayd etdi.
Shundan so‘ng taniqli olima J.Shermuhammedova bugungi kunning asosi bo‘lgan ta’limning ta’sirchanlik talabi, kuchi va sifati, uning samarasi to‘g‘risida gapirdi. Vatanning ertasi va kelajagi bo‘lgan yosh avlod yangi zamonaviy bilimlarni puxta egallashi, kompyuter texnologiyalarini bilishi, bir necha tilda so‘zlasha olishi davr talabi ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Jamila Shermuhammedova o‘zining boy psixologik treninglari hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. U o‘zining nutqida “Mening Vatanim”, “Mening xalqim”, “Mening ma’naviyatim”, “Mening ajdodlarim” kabi da’vat so‘zlari bilan har bir yosh qalbida vatanparvarlik, birlashish, kuchli bo‘lish, o‘z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg‘ulari tomir otishi lozimligini uqtirdi.
Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilari o‘zini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Professor J.Shermuhammedova tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi