Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda turkiyalik mutaxassis ishtirokida yuqori texnologik jarrohlik amaliyoti bajarildi

So‘ngi paytlarda aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan yurak qon-tomir, insult kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni soni oshib ketdi. Ushbu turdagi kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Sirdaryo viloyati mintaqaviy filiali kardiologlari, respublikamizdagi, qolaversa xorijiy davlatlardagi kardiologiya sohasiga ixtisoslashgan yetakchi klinika va markazlar bilan hamkorlik aloqani yo‘lga qo‘yib, mahorat darslari orqali fikr almashib, boy tajriba tuplayapti.

Kuni kecha, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Sirdaryo viloyati mintaqaviy filialiga ana shu hamkorlik samarasi o‘laroq Turkiyalik intervension kardiolog, professor Shevkat Go‘rg‘li tashrif buyurdi.

Sirdaryolik kardiologlar bilan fikr va tajriba almashib,  endovaskulyar xirurglar hamrohligida 1953 yilda tug‘ilgan, yurak ishemiya kasalligi, zo‘riqish stenokardiya FSIII, IKKS (202), koronar qon tomlarni stentlash amaliyotidan keyingi holat, miokardda distrofik o‘zgarishlar, yurak qorinchalar ekstrasistoliyasi bilan kelgan bemorda yuqori texnologik stentlash amaliyotini o‘tkazdi. 

-Turkiyadan kelishimdan maqsad,-deydi Turkiyalik intervension kardiolog, professor Shevkat Go‘rg‘li.- Sirdaryolik kardiologlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Bu esa, ikki qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini yanada mustahkam bo‘lishiga, xoh u ko‘rinishda, xoh bu ko‘rinishda onlayn aloqalar o‘rnatib, tajriba orttirishimizda muhim hisoblanadi. Hozir o‘tkazgan yuqori texnologik stentlash amaliyoti o‘ta murakkab. Chunki stentlashdan keyingi holat. Buni sirdaryolik endovaskulyar xirurglar bilan muvaffaqiyatli bajardik. Bemor sog‘lig‘i ancha yaxshi. Nasib qilsa tez orada, sog‘-salomat o‘z oilasi bag‘riga qaytadi. 

Shundan so‘ng, turkiyalik professor, kardiologiya markazida yurak qon-tomir kasalliklarni og‘ir shakli bilan davolanayotgan bemorlar, bemorlarni kasallik tarixi bilan tanishib, sirdaryolik kardiolog, endovaskulyar xirurglarga o‘z maslahat va tavsiyalarni berdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish