Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Oqoltinda «Yoshlar yetakchilari» tashabbusi bilan «Sardoba» qabristonida hashar tashkil etildi

Alloh taolo insonni bu dunyoning azizu mukarram xilqati, hayot gultoji, jonzotlar ichida sarvari etib yaratgan. Odamzod shunday moʻtabar sharafga muyassarligi uchun ham hamisha e’zozu ehtirom etib kelingan. Bu e’zoz va hurmat u vafotidan keyin ham davom etadi. Marhumlarning ruhi pokini aziz tutish, qabrlarni ziyorat qilib, ularni obodonlashtirish, o‘tganlarning ruhi pokiga Qur’on tilovat qilish har birimizning insoniy burchimizdir.

Bugun tumandagi yoshlar yetakchilari tomonidan yana bir xayrli ishga qo‘l urilib  tumandagi "Sardoba" qabristonida hashar tashkil etildi.

Hashar doirasida qabriston va uning hududi tartibga keltirilib, ariqlar va yo‘laklar tozalandi. Daraxtlarni butash hamda begona o‘tlarni o‘rish ishlari amalga oshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish