Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
GulDU dissertanti ilmiy ishini xorijda himoya qildi
Sirdaryolik Gulruh Mahmudova iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun xorijda dessertatsiya yoqladi. U Guliston davlat universitetining chet elda ilmiy ishini himoya qilgan birinchi tadqiqotchisi boʻldi.

Gulruh Mahmudovaning “Zamonaviy iqtisodiyotda isteʼmolchilar xulq-atvori modelini oʻzgartirish” mavzusidagi ilmiy ishiga Qozon federal universiteti boshqaruvi, iqtisod va moliya instituti professori, iqtisod fanlari doktori Lenar Nailevich Safiullin rahbarlik qildi.

Iqtisodiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan ushbu ilmiy ish Rossiyaning Volga viloyatida joylashgan Qozon Federal universiteti menejment, iqtisod va moliya institutining iqtisodiy nazariya va ekonometriya kafedrasida olib borilganini ham alohida taʼkidlash joiz.

Mazkur himoya davomida rasmiy opponent vazifasini yuqori talab darajasida oʻtagan – iqtisod fanlari doktori, “Milliy tadqiqotlar Tomsk davlat universiteti” Federal davlat avtonom taʼlim muassasasi iqtisod kafedrasi professori Marina Vyacheslavovna Rijkova hamda iqtisod fanlari doktori, “Boshqird davlat universiteti” FSBEI iqtisodiyot, moliya va biznes instituti umumiy iqtisodiy nazariya kafedrasi professori Galina Mixaylovna Rossinskayalarning barcha savollariga sirdaryolik dissertant – G.Mahmudova aniq misol va raqamlar bilan batafsil bergan javoblaridan ilmiy kengash aʼzolari toʻlaligicha qanoatlanganlarini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Gulruhning ilmiy darajasini yoʻqlashida Sibir federal universiteti davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi yetakchi tashkilot sifatida  muhim ahamiyat kasb etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish