Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatda sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish holati tahlil qilindi
Sirdaryo viloyatida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish bo‘yicha hududiy kengashning navbatdagi videokonferensiya shaklida yig‘ilishi o‘tkazilib, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokurori Shoxrux Aminov, barcha viloyat tashkilotlari, tuman (shahar) sektorlari, masʼul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda viloyat prokurori Shoxrux Aminovning ushbu sohada olib borilayotgan ishlar va bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan maʼruzasi tinglandi.

Xususan, 2022 yilning o‘tgan 1-choragida viloyatda jami undiruv 241 mlrd. so‘mni tashkil etib, shundan davlat foydasiga 104 mlrd. so‘m undirilishi taʼminlangan.

Soliq qarzdorligi bo‘yicha byudjetga 93 mlrd.so‘m, jinoiy va maʼmuriy jarimalar bo‘yicha 4 mlrd.so‘m, davlatga yetkazilgan zarar bo‘yicha 613 mln. so‘m va 4,2 mlrd. so‘m davlat boji undirilgan.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”dagi fuqarolarni qo‘llab - quvvatlashga 4,5 mlrd. so‘m yo‘naltirilgan.

Hududiy Kengash yig‘ilishida ushbu sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, yuzaga kelayotgan muammolarni qonuniy yechimini topish, tadbirkorlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, Kengashning har bir aʼzosi ishni o‘zaro hamkorlikda olib borishlari lozimligi qayd etilib, qisqa fursatlarda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish