Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Faxriylar Kengashlari faoliyatida yangi bosqich: Sirdaryoda birlashgan Faxriylar Kengashi tashkil etildi

Sirdaryo viloyatida 10 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlarida Faxriylar Kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan va ular oʻz tarmoqlari boʻyicha faqat idoraviy tartibda faoliyat olib boradi. Ushbu Kengashlarning faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha “Sirdaryo tajribasi” yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bugun hokimiyat organlari va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, korxona va tashkilotlar huzurida tashkil etilgan Faxriylar Kengashlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida taraflar mahallalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli hamda “Keksalar maslahati” guruhlari faoliyatiga koʻmaklashish hamda har tomonlama yordam koʻrsatishga doir tashabbuslar bilan chiqish va tegishli sektorlar rahbarlariga takliflar kiritish kabi asosiy yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish