







Sirdaryo viloyatida Janubiy koreyalik sarmoyadorlar bilan birgalikda sanoat, taʼlim, qishloq xoʻjaligi kabi sohalarda koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, bugungi kunda viloyatda Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda 5 ta korxona oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan paxtachilik va toʻqimachilikka ixtisoslashgan agrosanoat majmuasi, zamonaviy koreya texnologiyalari asosidagi issiqxonalar, parfyumeriya mahsulotlari, sabzavotlar yetishtirish, transport moyi ulgurji savdosi kabi faoliyat turlari yoʻlga qoʻyilgan.
Eʼtiborlisi, pandemiya sharoitda ham ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari toʻxtab qolgani yoʻq. Onlayn muloqotlar doimiy tashkil etilib, birgalikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish tadbirlari koʻrildi. Oʻtgan 2021-yilda Sirdaryo viloyatining Koreya Respublikasi bilan oʻzaro tashqi savdo aylanmasi 2,4 million AQSH dollarini tashkil etganini qayd etish lozim.
Bugun tarkibida Janubiy Koreya – Oʻzbekiston biznes assotsiatsiyasi (KUBA) raisining birinchi oʻrinbosari Kim Chang Keon, assotsiatsiyaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Yun Djun Sok hamda “Evergreen Motors Group” korporatsiyasi prezidenti Kim Young Cheol boʻlgan delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya aʼzolari dastlab Guliston shahrining diqqatga sazovor joylarida boʻlishdi. “Doʻstlik” kanali boʻyida joylashgan “Tadbirkorlar va hunarmandlar markazi”, Yangi hayot mahallasida qurilgan yangi uylarni koʻzdan kechirdi.
Soʻngra viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da viloyati hokimi Gʻofurjon Mirzayev va delegatsiya aʼzolari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Doʻstona oʻtgan muzokaralar davomida ustuvor yoʻnalishlarda ikki tomonlama oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi ekologik toza qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi loyihalarni amaliyotga tadbiq etish va ularning istiqbollari, koreyalik hamda sirdaryolik ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yanada kengaytirish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Delegatsiya rahbari Kim Chang Keon bosqichma bosqich olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va investitsiya muhitining yaxshilanishi tufayli Koreya kompaniyalarining Sirdaryoda biznes yuritishga boʻlgan qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Janubiy Koreyadan Sirlaryodagi “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylariga 3 ta “Hyundai Starex” mikroavtobusi begʻazar yordam sifatida olib kelib berishganini aytadi.
Viloyat hokimi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan savdo-iqtisodiy va madaniy-sivilizatsion doʻstlik forumi oʻtkazishni taklif etdi.
Ushbu forum iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim va asosiy platforma vazifasini bajarib, bu orqali koreyalik va sirdaryolik tadbirkorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar oʻrnatish, hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish imkoniyati kengayishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi