Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Munosabat
Ijtimoiy tarmoqda “Sardoba fojiasi”dan jabr koʻrgan ushbu tadbirkorlarga Sirdaryo viloyati hokimligi va Hukumat masʼullari begona koʻz bilan qaramoqda... sarlavhasi bilan yoritilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Qayd etish kerakki, tadbirkorlik subyektlariga toʻlanmaganligi iddao qilinayotgan pul mablagʻlari, baholash kompaniyalari xulosalarida koʻrsatilgan zarar miqdori va hodisa oqibatida zarar koʻrgan tadbirkorli subyektlariga har tomonlama tezkor amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha ishchi guruhlari tomonidan aniqlanib, toʻlab berilgan pul miqdorlari oʻrtasidagi tafovutdan hosil boʻlgan.

Jumladan, “Sirdaryo Oqoltin Straus” f/x suv toshqiniga qadar tuyaqush biznesi bilan shugʻullangan. “Guliston baholash konsalting” MCHJ tomonidan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar miqdori 1123,0 mln. soʻmga tavsiyaviy koʻrinishda baholangan.
 
Tarkibida hududiy hokimlik va vakolatli tashkilotlar mutaxassislari, jamoatchilik vakillari boʻlgan ishchi guruhi tomonidan hodisa joyiga chiqib oʻrganilganda tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zarar miqdori 600,0 mln. soʻmga baholangan va shu summa tadbirkorga toʻlab berilgan.

“Davronbek nur” MCHJga qarashli boʻlgan “Qovun bozori” majmuasiga yetkazilgan zarar miqdori “Guliston baholash konsalting” MCHJ tomonidan 3674,5 mln. soʻmga tavsiyaviy koʻrinishda baholangan. Ishchi guruhi tomonidan aniqlangan zarar miqdori esa 1600,0 mln. soʻmga baholangan va toʻlab berilgan.

 Paxta chiqindilarini qayta ishlash bilan shugʻullanuvuchi “Samoviy baxt quvonchi” MCHJ ga yetkazilgan zarar miqdori “Guliston baholash konsalting” MCHJ tomonidan 1518,1 mln. soʻmga baholangan. Ishchi guruh xulosasiga koʻra yetkazilgan zarar miqdori 300,0 mln. soʻmga baholangan va toʻlab berilgan.

“Fayz fish plyus” MCHJ (baliqchilik xoʻjaligi)ga yetkazilgan zarar miqdori “Guliston baholash konsalting” MCHJ tomonidan  986,8 mln. soʻmga baholangan va hozirgi kunda hududiy ishchi guruhi tomonidan baholash natijadari oʻrganilmoqda.

Talofat oqibatlarini aniqlash boʻyicha tuzilgan ishchi guruhlari tarkibi Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari hokimliklari va shu tumanlarda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar, shuningdek, bir qator viloyat tashkilotlarining  malakali mutaxassislaridan shakllantirilgan. 

Ishchi guruhlarning faoliyatida shaffoflik va holislikni taʼminlash maqsadida ular ishiga mahalliy kengashlar deputatlari, jamoatchilik va OAV vakillari jalb qilingan.

Ishchi guruhlari zarar miqdorlarini aniqlash ishlarini bevosita joylarga chiqib amalga oshirishgan. Bunda haqiqatda nobud boʻlgan yoki yaroqsiz holatga kelgan obyektlar, foydalanishga yaroqli boʻlgan hamda tadbirkor tomonidan qabul qilib olingan materiallar, jihozlar miqdori ham inobatga olinib, zarar miqdori aniqlagan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga muvofiq, baholash obyektining hisobotda koʻrsatilgan qiymati, tavsiya xususiyatiga ega boʻlganligi uchun, tadbirkorlar tashabbuslari bilan oʻtkazilgan baholash xulosalari ishchi guruhi oʻrganishlaridan soʻng, ayrim holatlarda zarar miqdori asossiz oshirib koʻrsatilganligi bois toʻlov uchun asos sifatida qabul qilinmagan.

Shuning bilan birga, qonunga muvofiq, xususiylashtirilgan obyektlar qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanganligi bois, hududiy hokimliklar yoki ishchi guruhlari tomonidan, baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish tashabbusi bildirilmagan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish