Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda ertaki sabzi hosilining yigʻim-terim ishlari boshlandi
Dasturxonlarimiz toʻkinligi, hayotimiz farovonligi, toʻqchiligimiz qishloq xoʻjaligi bilan chambarchas bogʻliq.

Viloyatimizda erta bahordagi sovuq ob-havo tufayli toʻliq yetilishi biroz kechikkan ertaki sabzi hosilining yigʻim-terim ishlari boshlandi. Bu esa bozorni yangi sabzi bilan toʻliq taʼminlanishiga va ushbu sabzavot narxining tushishiga olib keladi.

Sabzi bugungi kunda tuproq-iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda asosan viloyatning Sirdaryo, Sayxunobod, Boyovut tumanlarida ekilib, ekin maydonlari tobora kengayib bormoqda.

Bugun viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Sirdaryo tumanidagi fermerlar dalasida boʻlib, sabzi hosilining yigʻim-terim ishlarida bevosita ishtirok etdi.

Poliz ekinlari ham, gʻalla yoki boshqa dehqonchiliklarni ham yigʻib-terib olish oʻz yoʻliga. Ungacha ekish, parvarishlash degan ham mehnat, ham ilm va tajriba talab etiladigan jarayonlar ham borki, hosildorlik ana shunday omillarga ham bogʻliq. Viloyat hokimi bu borada ish yurituvchi, suvchilarning halol va fidoyilik bilan qilgan mehnatini alohida eʼtirof etdi.

Davlatimiz rahbari shu yilning oʻzida bir necha marotaba qishloq xoʻjaligi masalalariga oid videoselektor yigʻilishlari oʻtkazib, soha rivojiga qaratilgan qator dolzarb vazifalarni belgilab berdi. 

Natijada yuqori hosilli navlarni ekish va parvarishlashda innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qoʻllash, yomgʻirlatib sugʻorish tizimini joriy qilish, mineral oʻgʻitlarga xarajatlarni kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga qarshi oʻz vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi orqali hosildorlikni oshirishga erishilmoqda. 

Bu fermerlarimizga sabzi ekish harakatlari va tannarxini tushirishga imkon beradi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish