









Davlatimiz rahbarining 2022-yil 28-yanvardagi farmoni bilan 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjatda Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlarga erishilganlik darajasini baholab borish maqsadida hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat Taraqqiyot strategiyasini qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik guruhlarini tashkil etish va tizimli ravishda jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazib borish belgilangan edi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda yangi tashkil etilgan jamoatchilik guruhi tarkibi tanishtirilib, tasdiqlandi.
Yuzma-yuz muloqotda viloyat hokimi, senator Gʻofurjon Mirzayev va “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov jamoatchilik guruhini tashkil etishdan koʻzlangan maqsad, guruhning vazifalari haqida maʼlumot berdi.
Jumladan, “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilanganidek, davlat idoralari amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tashkil etilgan mazkur jamoat guruhlariga doimiy ravishda hisobot berib borishlari va shu orqali Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishilganlik boʻyicha yillik muqobil hisobotlar eʼlon qilinishi qayd etildi. Eʼtiborlisi, ushbu hisobotlar orqali joylardagi mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga baho berilishi alohida taʼkidlandi.
Takliflardan kelib chiqib, jamoatchilik guruhi 21 nafar nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekspertlar va mahalla faollaridan iborat tarkibda tuzildi.
– Ushbu jamoatchilik guruhi aʼzolari aholi orasida hurmat va nufuzga ega, amaliy va hayotiy tajribasi bilan jamiyat rivoji uchun oʻz hissasini qoʻshayotgan ziyoli qatlam vakillari hisoblanadi. Ular tomonidan Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladgan loyihalar, qabul qilinayotgan qonunlar ijrosini taʼminlashda, umumamn olganda inson qadri ulugʻlangan adolatli davlat barpo etishda yangi tashabuslar ilgari surilishiga ishonaman, – deydi viloyat rahbari.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi