Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyat hokimining qarori bilan Tojibayeva Nargiza Keldibekovna viloyat hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

N.Tojiboyeva 1974-yilda Guliston tumanida tavallud topgan.

1996-yilda Guliston davlat universiteti tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yilda Oqoltin tumanidagi 17-sonli umumtaʼlim maktabida oʻqituvchilikdan boshlagan. 1998-2001-yillarda Guliston shahar hokimligi oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, 2001-2017-yillarda Sirdaryo viloyati hokimligi xotin-qizlar masalalari kotibiyatida mehnat qilgan.

2017-2020-yillarda Guliston shahar hokimining oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan.

Tayinlovga qadar N.Tojibayeva viloyat Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish