Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Aziz onaxonlar, munis opa-singillar, dilbar qizlarim!

 Ayol – millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlar eʼzozlangan yurtning buguni va ertasi farovon boʻladi. Shu jihatdan keyingi yillarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, gender tenglikni taʼminlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ular uchun ish oʻrinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, huquq-tartibot idoralarida masʼul vazifalarda xizmat qilayotgan opa-singillarimiz soni ortib bormoqda.

Yaqinda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishida muhtaram Prezidentimiz xotin-qizlarning oʻrni va rolini oshirish davr talabi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

Ushbu tarixiy yigʻilishda ayollarni uy-joy bilan taʼminlash masalasiga eʼtibor qaratilib, subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltirilish belgilandi. Endi yiliga qayrib 25 ming nafar xotin qizlar uy-joy bilan taʼminlanadigan boʻldi. 

Ayollarning salomatligini tiklash maqsadida joriy yilning oʻzida 10 ming nafardan ziyod nogironligi boʻlgan xotin-qizlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadi, 3 mln nafar xotin-qiz onkologik skriningdan oʻtkaziladi. 

Qizlarimizning sifatli taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha tarixiy qarorlar qabul qilindi.    

Jumladan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi. Unga muvofiq davlat xususiy sherikchilik asosida toʻqimachilik sohasida alohida universitet tashkil etiladi. Paxta toʻqimachilik va pillachilik klasterlari orqali joylarda universitetning texnikumlari ham ochiladi. Yangi oʻquv yilidan boshlab taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun qizlarga ilk marotaba 7 yil muddatga foizsiz kredit berish joriy qilinadi. 

Buning uchun joriy yilda banklarga 1 trln 800 mlrd soʻm, kelgusi besh yilda 5 trln soʻm mablagʻ ajratiladi. Yana bir yangilik kelgusi oʻquv yildan boshlab, magistraturada oʻqiyotgan qizlarning kontrakt toʻlovlari byudjetdan qoplab beriladi. 

Shuningdek, ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yoʻqotgan qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy byudjetdan toʻlanadi. 

Bundan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarni ham qoʻllab-quvvatlanadi. 

Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarning jamiyatda tutgan oʻrniga toʻxtalib, “Ayol bu – farzand degani, ayol bu – oila degani, ayol bu – jamiyat degani” qimmatli fikrni ilgari surildi. 

Oilalarni mustahkamlash, farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyatini oshirish ham bugungi kunda dolzarb masalalardan. Prezidentimiz bu borada obroʻ-eʼtiborli, bilimli xotin-qizlardan iborat “Oqila ayollar” harkatini tashkil qilish taklifini bildirdi. Bu harakat mahallaning vijdoniga aynalishi kerak. Chunki, maʼrifatli jamitni – maʼrifatsiz onalarsiz qurib boʻlmaydi deya taʼkidladi.

Muhtarama opa singillarim!

Bir donishmand “Bitta qiz bolani oʻqitsangiz – butun oilani oʻqitgan boʻlasiz” degan fikrni bildirgan ekan. Shundan kelib chiqib, moʻtabar onalarimiz, latofatli opa-singillarimiz uchun barcha zurar shart-sharitlarni, imkoniyatlarni yaratib berish bizning ham vijdoniy burchimizdir. Onajonlarimizning duosi orqali ishlarimiz yurishadi, ayollar uchun qoʻshimcha sharoit yaratsak jamiyatda adolat oʻrnatiladi, farzandlarimiz kelajagi farovon boʻladi. Men bunga qatʼiy ishonaman.
  
Sirdaryo Oʻzbekiston xalq shoiri Xalima Hudoyberdiyeva kabi vatanparvar ayollarni tarbiyalagan zamin. Yaqinda Xalima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Oqila ayollar” klubining birinchi taʼsis yigʻilishi koʻtarinki ruhda oʻtkazildi, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha koʻplab amaliy takliflar bildirildi.   

Kuni kecha aziz opa-singillarimizning mehnatlari Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yuksak baholanib, davlat mukofotlari, orden va medallar  bilan taqdirlandi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan vohamiz qizlari tom maʼnoda bizning faxr-iftixorimizdir. Ayni paytda mukofotga munosib topilgan qizlar soni bugungi kunda viloyatimizda 26 nafarga yetdi.

Shuningdek, kuni kecha Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan Abdunabiyeva Farangiz va Alimova Eʼzozaga oq sut berib, tarbiyalagan onajonlariga minnatdorchilik bildiraman. Vatanparvar farzand tarbiyalagan onalar bor ekan davlatimizning kuchi qudrati yanada yuksalishi bardavom boʻladi. 

Bugun ular bizning qadrli mehmonimiz. Bir necha bor jaxon chempioni boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi madhiyasini jahon arenalarida yangratgan sporchi qizimiz Farangizning onasi Abduraxmonova Qumriniso Abdushukurovna hamda ijodi orqali ona Vatanimizni sharaflab kelayotgan qizimiz Eʼzozaning onasi Alimova Inobat Obloqulovnalarga taʼzim qilib, butun viloyatimiz faollari nomidan minnatdorchilik bildiraman. 

Sirdaryoning bunday onalari bor ekan, Biz xali koʻp marralarni zabt etishimizga ishonaman. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi.

Mazkur mukofotga bu yil viloyatimizdan 13 nafar xotin-qizlar munosib koʻrildi. Fursatdan foydalanib, ushbu mukofotga sazovor boʻlgan munis ayollarimizni viloyatimiz faollari, keng jamoatchilik hamda oʻz nomimdan muborakbod etaman.

Hurmatli onaxonlar, opa-singillar, munis qizlar!

Soʻzimning oxirida barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman. Bamisoli bahor elchisi boʻlib kelayotgan, oʻzingizdek goʻzal va dilbar mana shu qutlugʻ ayyomda Sizga uzoq umr, sihat salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga fayzu baraka tilaymiz.

Siz bor ekansiz yurtimizda fayz va barokat, koʻnglimizdan xotirjamlik, quvonch va ulugʻvor orzular arimaydi.

Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga, elu yurtimiz baxtiga hamisha omon boʻling, azizlarim, mehribonlarim!

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish