Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Muhokamada davlat tibbiy sugʻurtasi
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini amalga oshirishga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtmoqda. 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi hamkorligida 22-24-fevral kunigacha, yaʼni uch kun davom etadigan konferensiyada dunyoda bu borada toʻplangan tajribalar bilan oʻrtoqlashish, ushbu murakkab jarayonlarning amaliyotga tez tadbiq etishiga koʻmaklashish nazarda tutilgan.  

 Konferensiyada Sirdaryo viloyatida olib borilayotgan tajriba-sinov xulosalari, xalqaro tajriba va kutilayotgan natijalar, yurtimizda amalga oshirilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami, sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va boshqarishni baholash hamda viloyatda erishilgan yutuqlar keng muhokama qilinadi.

Bugun viloyat hokimligida konferensiya doirasida muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi, viloyat hokimligi va sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari hamda  tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda muhtaram Prezidentimizning 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq viloyatda sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sugʻurta tizimi bilan bogʻliq tajriba-sinov ishlari 2021-yil 1-iyuldan joriy etilgani borasidagi tajribalar boʻyicha maʼlumot berildi.

JSST ekspertlari  oilaviy shifokor va hamshiralar koʻrsatayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirish, axborotlashtirish va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish yuzasidan tavsiyalar berish, tajriba-sinov loyihasida erishilgan yutuqlar, muammo va kamchiliklar bilan tanishish istagini bildirdi. 

– Sirdaryo tajribasining yaxshi natijalari bilan yaqindan tanishmoqdamiz, –deydi JSST eksperti Arnoldas Yurgutis. – Sohada murakkab va yuqori texnologik amaliyotlar Jamgʻarma bilan hamkorlikda joriy etilayotganligi tizim rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir kasallik boʻyicha kafolatlangan paket ishlab chiqilgani, birlamchi tibbiy sanitariya yordami sifatiga eʼtibor qaratilayotgani bizga manzur boʻldi.

– Avvallari aholi oilaviy shifokor koʻrigiga bormasdan, bir yoʻlla KTMP yoki statsionardagi shifokorlarga murojaat qilar edi, – deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari F.Mavlonov. – Endilikda  ular eng avvalo oilaviy shifokor koʻrigidan oʻtib, uning maslahati va tavsiyasiga koʻra tuman, shahar yoki viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalariga murojaat qilmoqda.

Konferensiyaning birinchi kunida  ishtirokchilar Guliston shahridagi 3-, 4- oilaviy poliklinikada davlat tibbiy sugʻurtasi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar bilan yaqindan tanishadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish