Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ulkan marralarga raqobatbardosh sirdaryo yoshlari bilan yetamiz

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida, el-yurt ravnaqiga munosib hissa qoʻsholadigan, barkamol avlod qilib tarbiyalashda sanʼatning, ayniqsa, milliy qadryatlarning oʻrni beqiyos. 

Shu tufayli Muhtaram Prezidentimiz raisligida boʻlib oʻtgan maktab taʼlimini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yigʻilishida maktabni bitirgan bola kamida bitta kasb bilan birga bitta milliy cholgʻu asbobini chalishni bilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Viloyatimizda bu boradagi amaliy ishlar Sayxunobod tumanidan boshlandi. Tumanning “Baxmalsoy” mahallasida viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov, sektor rahbarlari, taʼlim sohasi masʼullari, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida tumandagi mavjud 41 ta umumtaʼlim maktabiga 7 turdagi milliy cholgʻu asboblari, turli badiiy va oʻquv adabiyotlar, sport anjomlari, shuningdek, viloyatdagi 26 ta umumtaʼlim maktabga zamonaviy kompyuter jamlanmalari tarqatildi. 

Oʻquvchilari oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan 40-sonli umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi Momogul Qudratovaning uy-joy olishi uchun boshlangʻich badal pullari tuman hokimligi tomonidan toʻlab berildi. 

Tadbirda soʻz olgan Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov viloyatda taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtibordan mamnun ekanligini taʼkidladi va viloyat hokimiga “Xalq taʼlimi homiysi” koʻkrak nishonini topshirdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish