Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlar faoliyati sarhisob qilindi
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi ishtirokida oʻtkazilgan onlayn shaklidagi seminar-uchrashuvda “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”dagi ustuvor vazifalar, 2021-yil yakunlari boʻyicha xulosalar, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar ustidan nazoratni yoʻlga qoʻyishda mahalliy Kengashlar faoliyati muhokama qilindi.

Seminar-uchrashuvda viloyat studiyasidan viloyatdan saylangan senatorlar, viloyat Kengashi huzuridagi barcha doimiy komissiyalar raislari ishtirok etdi. Unda viloyat Kengashi kotibiyatining hisoboti tinglandi.

Taʼkidlanishicha, 2019-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan xalq deputatlari viloyat hamda tuman va shahar Kengashi deputatlari saylovida Sirdaryo viloyatida jami 370 nafar deputatlar saylangan. Shundan, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 50 nafar, tuman va shahar Kengashlariga 320 nafarni tashkil  etadi. Bugungi kunda 363 nafar deputatlar faoliyat yuritayotgan boʻlib, xalq deputatlari viloyat Kengashida 1 nafar, Boyovut tuman Kengashida 2 nafar, Oqoltin tuman Kengashida 3 nafar va Xovos tuman Kengashida 1 nafar, jami 7 nafar boʻshab qolgan oʻrinlar mavjud.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlaridan 293 nafarini erkaklar, 70 nafarini ayollar tashkil etadi.

Oʻtgan davr mobaynida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan 261 marotaba sessiyalar oʻtkazilgan va ushbu sessiyalarda 2191 ta masala koʻrib chiqilgan. Oʻtkazilgan sessiyalarda 1229 marotaba mutasaddi tashkilot va korxonalarning hisobotlari hamda axborotlari (756 marotaba hisobot va 473 marotaba axborot) tinglangan, sessiyalarda koʻrib chiqilgan masalalardan 183 tasi muhokama etilgan boʻlsa, 31 tasiga nazorat-tahlil tadbirlari oʻtkazilgan, 148 ta vakolat doirasidagi va 276 ta hokimlarning qarorlari tasdiqlangan, hokimlarning 4 ta qarorlari bekor qilingan va 320 ta boshqa masalalar koʻrib chiqilgan.

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlari tomonidan 1635 marotaba mutasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik soʻrovlari yuborilgan. Yuborilgan soʻrovlardan 1476 tasiga javob xatlari qaytarilgan. 94 ta deputatlik soʻroviga kechikib javob berilgan boʻlsa, 77 ta soʻrovga umuman javob berilmagan. Javob berilmagan soʻrovlarning 48 tasi sessiyalarda muhokama qilingan va 1 tasi sudga berilgan.

Bundan tashqari, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 20-moddasiga asosan Oliy Majlis Senati Kengashining 2020-yil 11-dekabrdagi 161-sonli qarori bilan tashkil etilgan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatlariga 2021-yil davomida 1343 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 910 tasi ijobiy hal etilgan boʻlsa, 56 tasi rad etilgan, 336 tasiga tushuntirishlar berilgan hamda 41 tasi ish jarayonida oʻrganib chiqilgan.

Kotibiyat va deputatlar tomonidan 1463 marotaba xalq bilan muloqotlar oʻtkazilgan boʻlib, oʻtkazilgan muloqotlarda 1420 ta muammolar aniqlangan. Shundan, 1278 tasi ijobiy hal etilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish