Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olish jarayonlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish yuzasidan “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”, 2019-yil 5-fevral PF-5655-son Farmon, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 2020-yil 16-martdagi 611- sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori qabul qiingan.Aholini ro‘yxatga olish tadbiri - keng qamrovli, uzoq vaqt va ko‘p mablag‘ talab qiluvchi tadbir bo‘lib, mamlakatda yashovchi barcha aholiga oid bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va e’lon qilishning yagona jarayoni bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib hisoblanadi. Aholi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli axborotlar davlatning uzoq muddatli prognozlar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlari, aholining bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish dasturlari, barqaror rivojlanish maqsadlari Milliy indikatorlarini shakllantirish, mehnat resurslari joylashuvi va ulardan foydalanish jarayonlarini o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda ilmiy tadqiqotlar olib borishda foydalaniladi.
Shu bilan birga ro‘yxatga olish natijalari xorijiy investorlarni keng jalb qilish, investitsion muhitni yanada yaxshilash, turizm salohiyatini oshirish, iqtisodiyot yuksalishi va pirovardida aholimizning farovonligini oshirishga xizmat qiladi.Aholini ro‘yxatga olish jarayonlari 3 bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich 3 yilgacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqich 10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Uchinchi bosqich 2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladi.
Ushbu bosqichda aholini ro‘yxatga olish tadbirining birlamchi materiallari ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmalar tomonidan qabul qilib olinadi. Tadbir materiallari avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashga tayyorlanadi. Birlamchi ma’lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilinadi. Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinadi hamda tadbiri natijalarini e’lon qilinadi va ular tarqatiladi.
Davlat statistika qo‘mitasining topshiriqlariga asosan hududlarda tuman (shahar), mahallalar va qishloq aholi punktlari bo‘yicha xaritalar hamda sxematik rejalarni qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyatidagi mavjud 236 ta mahalladan 233 tasida, ya’ni, Sardoba tumanidagi 3 ta talofat ko‘rgan hududdan tashqari barcha mahallalarning sxematik xaritalari o‘rganilib, 200 ta MFYning xaritasi kadastr bo‘limi bilan birgalikda qaytadan to‘liq tasvirlandi. Viloyat hududlari bo‘yicha xonadonlar va ularda yashovchilar soni shakllantirilgan bazani qayta o‘rganish bo‘yicha 236 ta mahallaning barchasi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi va kamchiliklar bartaraf etildi.
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi