Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yangiyer shahrida "Bir bolaga besh kitob" aksiyasi o'tkazilmoqda

Inson hayotida bog'cha va maktab kabi ta'lim tarbiya maskanlari alohida o'rin tutadi. Chunki jondan aziz farzandlarimizga tarbiya berish borasida nafaqat ota-ona, balki tarbiyachilar ham birdek mas'uldirlar. Ayniqsa ular bolaning shakllanishi, ilmga, kitobga mehr qo'yishida alohida o'rin tutadi. Shu sababli ham voyaga yetib, kasb egasi bo'lgan vaqtda ta'lim, tarbiya olgan maskanga bo'lakcha mehr qo'yib, bu maskanni sog'inib yahsaydi. 

Yangiyer shahar 12-sonli Davlat Maktabgacha ta'lim tashkilotida bu dargohda tarbiyalanib voyaga yetgan insonlar tashabbusi bilan "Bir bolaga besh kitob" aksiyasi o'tkazilmoqda. 

Ushbu aksiyada yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek mazkur dargohda tarbiyalanib, hozirgi kunda Vatan ravnaqi-Yurt tinchligi yo'lida o'z hissasini qo'shayotgan insonlar faol ishtirok etib, bolajonlar uchun kitoblar sovg'a qilishmoqda. 

Bu kabi aksiyalarni qancha ko'p o'tkazilsa, farzandlarimiz ilm taraqqiyotiga hissa qo'shgan shaxs sifatida va kelajak avlod uchun namuna bo'lib qolamiz.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish