Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston tumanidagi A.Yassaviy mahallasida zamonaviy 116 ta xonadonli koʻp qavatli uylar quriladi
Mamlakatimizda shahar va qishloqlarni yangilash, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish boʻyicha keng koʻlamli va manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni Guliston tumani misolida xam koʻrishimiz mumkin. 

Bugungi kunda tumanda “Inson qadri uchun” tamoyil asosida ulkan bunyodkorlik, obodonlashtirish va qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Xususan, Guliston tumanida shu yilning oʻzida 15 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari binolari, 2 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti bunyod yetildi. Yillar davomida taʼmirtalab boʻlib turgan “Madaniyat saroyi” toʻliq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 11 ta koʻp qavatli hamda 76 ta 0.02 ga yer maydonli uy-joylar qurilishi davom yetmoqda. Bu roʻyxatni uzoq davom yettirish mumkin. 
Xabarlaringiz bor, tuman markazini qayta qurish, markaz arxitekturaviy qiyofasini tubdan oʻzgartirish, aholi uchun munosib shart sharoitlar yaratish boʻyicha manzilli ishlar keng quloq ochgan. 

Bugun ham tuman markazidagi A.Yassaviy mahallasida 3 ta 64 xonadonli va 2 qavatli 2 sotihli 52 ta xonadonli uy-joylarning qurishga tamal toshi qoʻyildi. 

Tadbirga jam boʻlgan mahalla aholisi va nuroniylari duoda boʻlishib, Muhtaram Prezidentimizning uzoqni koʻzlab qilayotgan oqilona siyosatlariga daxldorlik xissini bildirib, tumanning masuʼllariga, uy-joylarning qurish ishlarida qatnashadigan quruvchilarga Yaratgandan kuch-quvvat tiladilar.

Maʼluot oʻrnida, ushbu massivda xozirgi kunda dastlabki tuproq ishlari boshlangan boʻlib, uy-joylarni qurish ishlari “SUMAYYA HAMKOR” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi. 

Qurilish ishlari oldidan qurbonlik qilinib, dasturxon yozildi. Qurilish pudrat tashkiloti tomonidan ushbu mahalladagi kam taʼminlangan oilalarga goʻsht tarqatildi. 

Bir necha yillardan buyon foydalanilmay kelayotgan mahalladagi 2 gektarlik maydonda endi namunaviy uy-joylar, yangi infratuzilma, xizmat koʻrsatish shahobchalari, bir soʻz bilan aytganda zamonaviy uy-joy massivi paydo boʻladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish