Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik tarmogʻi kengaymoqda
Sirdaryo viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim xizmatlarini kengaytirish va qamrov darajasini oshirish boʻyicha birmuncha ishlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, viloyatda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va tashabbuskorlar oʻrtasida 61 ta umumiy quvvati 7 795 oʻrinli bitim tuzildi va 39 ta loyiha uchun banklar tomonidan 101,4 mlrd.soʻm miqdorida bank imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilib moliyalashtirildi. Shulardan 31 tasi 3 ming 720 oʻrinli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotidir.

Oʻtgan 2021-yilda viloyat boʻyicha maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sherikchilik asosida jami 9 ta umumiy quvvati 1 165 oʻrinli nodavlat MTTlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan boʻlib, hozirgacha 7 ta umumiy quvvati 805 oʻrinli nodavlat MTT toʻliq foydalanishga topshirildi. Boshqa loyihalarda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Viloyatda oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish maqsadida Maktabgacha taʼlim vazirligi va tashabbuskorlar oʻrtasida 705 ta bitim tuzilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi “Qamrov darajasi past boʻlgan tumanlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq viloyatda 601 ta umumiy quvvati 15 025 oʻrinli oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Undagi bolalar qamrovi 13 375 nafarni tashkil qilmoqda.

Birgina, Oqotin tumanida 10 nafar tadbirkor bilan oilaviy nodavlat makatabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etilib, ayni vaqtda ularga  250 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olindi. Bugungi kunda tumanda jami 350 oʻrinli 14 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
 
Tumanning Andijon mahallasida “Hamdavr” MCHJ tomondan 150 oʻrinli xususiy maktabgacha taʼlim muassasasi foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda “Oqoltin Bobur Ahillik” MCHJ oʻrtasida tumandagi “Ahillik” MFYda quvvati 150 oʻrinli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish maqsadida ikki tomonlama bitim imzolangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish