Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Gulistonda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi barpo etiladi

Kun sayin ravnaq topayotgan yurtimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlar xalqimizning turmush tarzini tubdan yaxshilayotgani bor gap. Xususan, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan har bir hududda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻlari barpo etilishi ham aholining maroqli dam olishi va hordiq chiqarishi, atrof-muhit, ekologiyaning sofligini taʼminlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Sirdaryo viloyati Guliston shahrining “Buyuk kelajak” mahallasi hududida “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi barpo etish loyihasi ishlab chiqilgan. Bugun viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev bogʻ qurilishi rejalashtirilgan joyni koʻzdan kechirdi va bogʻ loyihasi bilan tanishdi.

Umumiy 55 gektar maydonni egallaydigan bogʻda “aqua” park, koʻl, toʻlqin hosil qiluvchi basseyn, musiqali favvora, amfiteatr, yoshlar uchun koʻngilochar attaksionlar, bolalar va “workout” maydonlari quriladi. Tashrif buyuruvchilar hordiq chiqarishlariga moʻljallangan shiyponlar, tarixiy meʼmoriy obidalar maketlari tashkil etiladi. Loyihada hayvonot bogʻi uchun hudud markazidan joy ajratilgan.

Eʼtiborli jihati, “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga 650 tupdan chinor, majnuntol, shumtol, eman, zarang, yapon saforasi, mimoza, sadaqayragʻoch kabi jami 5200 dona daraxt oʻtqaziladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish