Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.9C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda 22 ta ogʻir sharoitdagi mahalla obod va koʻrkam maskanga aylantiriladi
Xalqni rozi qilish, turmush farovonligini oshirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadiga aylanib ulgurdi.

Muhtaram Prezidentimiz joriy yilning 15-yanvar sanasida oʻtkazilgan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlariga muvofiq viloyatda ogʻir hudud deb topilgan 22 ta mahallada obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshiriladi.

Mazkur mahallalardagi mavjud qoʻl bola va yaroqsiz elektr ustunlarini almashtirish, aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash, ayniqsa, loy koʻchalarga tosh-shagʻal yotqizish, ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlar yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning uzviy davomidir. 

Bajariladigan ishlarni tizimli va namunali olib borish uchun viloyatda ishchi guruh tuzilib, har bir mahalla toʻliq oʻrganib chiqilmoqda.

Shu vaqt oraligʻida mazkur mahallalarda 40 dan ortiq maxsus texnikalar yordamida koʻchalarning qariyb 4 kilometriga tosh-shagʻal yotqizilgan. 6 ta transformator, 100 ga yaqin elektr ustunlari oʻrnatilib, 10 kilometrdan oshiq havo tarmogʻi yangilandi.

Bugun viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev va viloyat sektor rahbarlari Boyovut tumanidagi “Mirishkor” mahallasida boʻlib, bu yerda yashovchi aholi muammolarini, koʻchalar, asosiy muhandislik tarmoqlari, irrigatsiya tarmoqlarining holati, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini koʻzdan kechirishdi.

“Mirishkor” mahallasi 4 ta qishloq aholi punktidan iborat boʻlib, 3 600 nafardan oshiq aholi istiqomat qiladi. Xonadonlar soni 620 tani tashkil etadi. Mahalladagi ichki yoʻllar 21,8 kilometrni tashkil etsa, shundan qariyb 6 kilometr qismi taʼmirtalab. Shuningdek, mahallada ichimlik suvi, elektr energiyasi taʼminotida va ijtimoiy soha obyektlarini joriy taʼmirlash hamda aholining suyultirilgan gazga ehtiyoji ortganligi sababli gaz ballonlar sonini koʻpaytirish kerak.

Mavjud kamchilik va muammolar mutasaddi tashkilot, idoralar masʼullari tomonidan shu yerning oʻzida bartaraf etish choralari koʻrildi.

Xususan, mahalla hududida texnikalar yordamida 400 metr ariq zovurlari hamda 300 metr yoʻl atrofi tozalandi. Koʻchalarga umumiy ogʻirligi 200 tonna boʻlgan tosh-shagʻal 12 ta yuk mashinasida 400 metr yoʻlga 1 dona greyder, 1 dona katok hamda 1 dona yuk koʻtarish texnikasi va 67 nafar ishchi kuchi yordamida yotqizildi. Tuman elektr korxonasi xodimlari tomonidan 1 dona transformator va 250 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari taʼmirlandi hamda 10 dona yaroqsiz hamda qoʻl bola simyogʻochlar yangisiga almashtirildi. Aholiga 161 dona maishiy gaz ballonlari yetkazib berildi. Tibbiyot xodimlari 50 xonadondagi 110 nafar fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdi, 20 nafar fuqaro bepul dori-darmonlar bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, mahallada sayyor qabul koʻrinishida aholi xonadonlariga kirilib, 19 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi, 150 nafardan ortiq fuqaroga huquqiy maslahatlar berildi.

Mahalla boʻyicha jami 3,7 kilometr havo tarmogʻi tortilib, yana 100 ta yangi temir-beton ustun va 2 ta qoʻshimcha transformator punkti oʻrnatiladi.

– Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz olib borayotgan siyosatni samarali amalga oshirib, inson qadrini yanada yuksaltirishimiz shart, – dedi viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev. – Mahallalarni obod, koʻrkam maskanlarga aylantirish bilan bir qatorda hududlarda aholi turmush sharoitini har tomonlama yaxshilashga, yangi ish oʻrinlari yaratishga eʼtibor berish lozim. Misol uchun bu yerda bandlikni taʼminlashning asosiy drayveri qilib qishloq xoʻjaligi ekinlari, asosan, kartoshka va mosh yetishtirish hamda chorvachilikni rivojlantirish maqsadga muvofiq boʻladi.

Shu kuni “Mirishkor” mahallasining yangi binosini qurish uchun tamal toshi qoʻyildi.

Shuningdek, viloyat rahbari Gʻofurjon Mirzayev mahalla xodimlari uchun idora binosi, hududda yengil tipdagi maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, salomatlik yoʻlagi qurilishi hamda hududda joylashgan 30-sonli umumtaʼlim maktabi binosi va ikkita aholi punktini bogʻlovchi, bugungi kunda yaroqsiz xolga kelib qolgan koʻprik rekonstruksiya qilinishini taʼkidladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish