Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda 78 ta turli manzillar madaniy meros obyektlari roʻyhatiga kiritilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Madaniy meros agentligining qayta tashkil qilinishi, ushbu sohaga berilayotgan eʼtiborning yaqqol namunasidir.

Sirdaryo viloyatida 78 ta turli manzillar, jumladan, 18 tasi arxeologiya, 15 tasi arxitektura, 41 tasi monumental va 4 tasi diqqatga sazovor joylar madaniy meros obyektlari roʻyhatiga kiritilgan. Ularning barchasi respublika ahamiyatiga ega obyektlardir va davlat mulki hisoblanadi.

Infografika

Bugungi kunda mazkur moddiy madaniy meros obyektlarining 74 tasi (95 foizi) kadastr hujjatlari Davlat kadastr palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan rasmiylashtirilgan. Ularning 40 tasiga (51 foizi) muhofaza belgisi oʻrnatilgan boʻlib, qolgan 38 ta (49 foizi) obyektga muhofaza belgilari oʻrnatish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Kadastr hujjati mavjud obyektlarga jamoatchi inspektorlar biriktirilgan. Obyektlarning oʻntasiga WI-FI va bitta obyektga elektron hisoblash uchun turniket moslamasi oʻrnatilgan.

2021-yil davomida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida respublika byudjetidan 1 milliard 483 million soʻm mablagʻi ajratilib, 2 ta madaniy meros obyektida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va taʼmirlash ishlari olib borildi.

Shuningdek, oʻtgan yili yana 10 ta obyekt Respublika Madaniy meros roʻyxatiga kiritish uchun Madaniy meros agentligi Ilmiy-ekspert Kengashiga kiritildi.

2021-yil yakuni bilan taʼmirtalab va yaroqsiz holga kelib qolgan 30 ta obyektning ilmiy-texnik holati oʻrganilib, ushbu yodgorliklar 2022-yilda asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar roʻyxatiga kiritildi.

Bundan tashqari, sohani yanada rivojlantirish, viloyatning turistik salohiyatini oshirish maqsadida muhim vazifalar belgilangan. Birgina, 2022-yilda 78 ta madaniy meros obyektni toʻliq ekspertizadan oʻtkazish ishlari yakuniga yetkaziladi. Taʼmirtalab holga kelib qolgan 17 ta madaniy meros obyektida belgilangan tartibda asrashga doir ishlar amalga oshiriladi. Viloyatdagi 4 ta obyekt, yaʼni, Guliston shahridagi Chernyayev sobiq uyi va Alekseyev binosi hamda Guliston tumanida joylashgan Ramanovlar sobiq cherkovi va Otliq askar qarorgohi binosining boʻsh turgan joylari tadbirkorlarga ijaraga beriladi. 34 ta obyektga muhofaza belgilari oʻrnatiladi. Viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, ekspozitsiyasi yangilanadi.

2022-2026-yillarda YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyhati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyhati, Jahon xotirasi roʻyhatiga kiritish uchun Sardoba tumanida joylashgan “Yogʻochli sardoba” tarixiy obidasi, Xovos tumanidagi Koʻhna Xovos arxeologiya yodgorligi hamda Saddu-Said, Bibi Hadicha, Sherbobo va Yusufbobo maqbaralari majmualari milliy rejaga kiritiladi. Xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb etish maqsadida Guliston shahri, Xovos va Guliston tumanlarida Oʻlkashunoslik muzeylari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Shu davr mobaynida 40 ta madaniy meros obyektlarida taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi. Viloyatda  tarixi va madaniyati davlat muzeyining zamonaviy tipdagi bino-inshooti quriladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish