Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +15.6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda nogironligi boʻlgan shaxslar xatlovdan oʻtkaziladi

2022-yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi barcha 16 yoshdan katta nogironligi boʻlgan shaxslar uyma-uy yurgan holda xatlovdan oʻtkaziladi hamda yashash sharoiti, mavjud muammo va imkoniyatlaridan kelib chiqib «qoniqarli» (yashil), «oʻrta» (sariq) va «ogʻir» (qizil) toifaga ajratiladi.

2022-yil 1-yanvar holatiga jami 16 yoshdan katta nogironligi boʻlgan shaxslar 21762  nafarni tashkil etadi. 10-12-yanvar kunlari 2133 nafar (9,8foiz) nogironligi boʻlgan shaxslar xatlovdan oʻtkazildi. Ularning 449 nafari «yashil», 1643 nafari «sariq» va 22 nafari qizil toifaga ajratildi. 

Xatlov jarayonlariga 273 nafar shifokor va patronaj hamshirasidan iborat 22 ta xatlov guruhi jalb qilingan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish