Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +0.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Xalq va armiya – bir tanu bir jondir
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni Sirdaryo viloyatida ham katta koʻtarinkilik bilan nishonlanmoqda.

Jumladan, bugun Guliston shahridagi Xotira maydoniga viloyat hokimligi masʼullari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, ofitser, serjant va harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari hamda keng jamoatchilik vakillari tashrif buyurdi.

Tadbir ishtirokchilari harbiy orkestr musiqa sadolari ostida Motamsaro Ona haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.

Shundan soʻng, “Bilimdonlar maskani”da viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Karimov tadbir ishtirokchilariga muhtaram Prezidentimizning bayram tabrigini oʻqib eshittirdi. 

– Vatanimizda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashning ishonchli kafolati boʻlgan Qurolli  Kuchlarimiz qudratini yanada oshirishga alohida eʼtibor berilayotganligi shonli harbiy xizmatchilar zimmasidagi  masʼuliyatini yanada oshiradi, – dedi A.Karimov. – Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, xalqimiz oʻzining botir, dovyurak farzandlari – jonajon yurtimiz Mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, chegaralarimiz daxlsizligini himoya qilishga qodir milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlanishga haqlidirlar.

Shuningdek, yutrimiz taraqqiyoti yoʻlida olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida toʻxtalar ekan, bu natijalarga erishishimizda Davlat va xalq manfaatlari uchun har qanday sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishga doimo shay turuvchi harbiylarimiz yuksak ehtirom va eʼtirofga munosibliklarini alohida taʼkidladi. Shu asnoda yurt rivoji, shonu shavkati uchun fidoyilarcha mehnat qilayotgan xalqimizni qutlugʻ ayyom bilan tabrikladi.

Tadbirda tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik uchun qalqon boʻlayotgan bir guruh posbonlar, fidoyi xodimlarga minnatdorlik bildirildi va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Viloyat boʻylab mazkur shonli ayyomga bagʻishlangan tadbirlar davom etadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish