Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +0.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Milliy gvardiya boshqarmasi binosi foydalanishga topshirildi
Tinch va osoyishta yurtdagina islohotlar amalga oshiriladi, taraqqiyot va yuksalish boʻladi.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikning bardavomligini taʼminlash yoʻlida keng qamrovli yangiliklar, oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilinishi bu ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi xodimlari zimmalaridagi masʼuliyatli vazifani aʼlo darajada ado etib, ularga bildirilgan ishonchni oqlashmoqda. Shu sababli ham ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ular uchun oilaviy sharoitlarga yaqinlashtirilgan zarur sharoitlar yaratish, mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va maʼnaviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi tizim joriy qilindi. Bunday xayrli ishga bosh-qosh boʻlish va tizimli yoʻlga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga yuklatildi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida soha vakillari saʼy-harakati bilan Sirdaryo viloyatidagi Guliston Bolalar shaharchasida tarbiyalanayotgan barcha – 41 nafar oʻgʻil-qizlarni oilaviy bolalar uylariga oʻtkazishga erishildi.

Bugun Sirdaryo viloyati boʻyicha Milliy gvardiyasi uchun qayta taʼmirdan chiqarilgan yangi maʼmuriy bino foydalanishga topshirildi. 

Zamonaviy koʻrinishda qad rostlagan yangi maʼmuriy binoda xodimlar uchun dam olish xonasi, ularning maʼnaviy va huquqiy savodxonligini oshirish uchun mahsus xona, sport mashgʻulotlari xonasi, mashqlar maydoni, monitoring markazi, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni, general-mayor Rustam Djurayev, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Karimov, sektor rahbarlari, sohaga aloqador tashkilotlar vakillari, tizim xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar, avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tizimning barcha xodimlariga ezgu tilaklarini bildirishdi. Yangi Oʻzbekistonda barpo etilayotgan bunday inshootlarda faoliyat yuritadigan Milliy gvardiyaning vatanparvar harbiy xizmatchi va xodimlari Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni tomonidan bildirilgan ishonchni toʻliq oqlagan holda, xalqimizning tinch-osoyishta hayotini himoya qilish yoʻlida “Burch, sadoqat, jasorat” shioriga munosib tarzda sitqidildan xizmat qilishlarini tilashdi.

Shu asnoda Milliy gvardiya xodimlarining bir guruhi namunali xizmatlari uchun koʻkrak nishoni, faxriy yorliq, tashakkurnoma hamda esdalik soatlari bilan ragʻbatlantirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish