Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +22.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda «Hokim yordamchilari» faoliyatini boshladi
Viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari 10-yanvardan oʻzlariga biriktirilgan mahallalarda xizmat vazifalarini bajarishga kirishdi.

Viloyatda joriy yil yanvar oyi yakuniga qadar hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini baholash tizimi joriy etiladi. Ushbu tizim asosida hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi monitoringi amalga oshirish bilan bir qatorda har chorak yakunlari boʻyicha ishda yuqori natijalarga erishgan hokim yordamchilari Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

Faoliyati samaradorligi monitoringiga koʻra past natija koʻrsatgan hokim yordamchilari lavozimidan ozod etiladi hamda vakant lavozimlarga yangi ochiq tanlov eʼlon qilinadi.

Respublika vakillari bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan mahallani rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, ijrosini taʼminlash, ajratilayotgan resurslardan samarali foydalanish yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshirish, mahalladagi ishsiz aholini ish bilan taʼminlash, ularga doimiy daromad manbaini yaratishga koʻmaklashish hokim yordamchilarining asosiy vazifasi etib belgilandi.

Hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdorlari va ularga berilgan shart-sharoitlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 3-dekabrdagi PQ–31-son qarorida koʻrsatib oʻtilgan tartibda amalga oshiriladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish