Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston shahri gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni qurilish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va tabiiy gaz ta’minotiga oid loyihalar bilan tanishdi.

Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, taqdimotda tabiiy gaz yetkazib berish tizimida xususiy sheriklikni joriy etishga doir takliflar ham ko‘rib chiqildi.

“Bu tizimni modernizatsiya qilish juda dolzarb. Chunki yurtimizdagi gaz quvurlarining yarmidan ko‘pi – 45 ming kilometri o‘ttiz yildan ortiq ishlatilmoqda. Oqibatda yo‘qotishlar miqdori 20 foizdan oshib ketyapti”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Jizzax shahar gaz ta’minoti tizimida 767 kilometr quvur, 6 ta gaz taqsimlash stansiyasi, 1 ming 600 dan ziyod gaz taqsimlash punkti bor. Ushbu tizimni xalqaro standartlar asosida va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilish orqali modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.

Texnik ustuvor yechimlardan foydalanib amalga oshiriladigan loyiha doirasida eski gaz quvurlari olib tashlanib, 1 ming 500 kilometrdan ziyod yangi quvurlar tortilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, gaz taqsimlash stansiyalari soni 6 tadan 2 tagacha qisqartirilib, 3 bosqichli tizimdan 2 bosqichli tizimga o‘tiladi. Natijada hozirgi holatdagi 115 million kub metr yo‘qotishlar bartaraf etiladi.

Prezident bu loyihaning samaradorligiga alohida ahamiyat qaratib, uni tezlashtirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, bunday tizimni bir paytning o‘zida Sirdaryo viloyati Guliston shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda ham amalga oshirish vazifasi qo‘yildi.

“Bu ishlar gaz taqsimlash va hisob-kitobni tartibga solib, uning xalqimizga barqaror va to‘la yetib borishiga xizmat qiladi”, deya yakunlanadi ma’lumot.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish