Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Xalq taʼlimi mudiri islohotchi, maktab direktori vatanparvar, oʻqituvchi fidoyi boʻlishi kerak
Sirdaryo viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan majlisda milliy reyting natijalari tahlili muhokama qilindi.

Yigʻilishda sohaga aloqador tashkilot, korxonalar rahbarlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda viloyatdagi 318 ta maktabda 157 ming 601 nafar oʻquvchiga 12 ming 774 nafar pedagog taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan milliy reytingi natijalari boʻyicha Sirdaryo viloyati Respublika hududlari orasida 11-oʻrindan 9-oʻringa koʻtarildi.

2021-yilda bitiruvchilarning oliy taʼlimga jalb qilish koʻrsatkichi boʻyicha Oqoltin, Xovos va Sirdaryo tumanlari eng past darajada deb topildi.

Viloyat boʻyicha oliy malaka toifali, birinchi malaka toifali pedagoglarga ehtiyoj ortib bormoqda. Maktablarda amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini yanada oshirish zarur boʻlmoqda. 

Mazkur kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarish, xatoga yoʻl qoʻygan taʼlim muassasasi rahbarlarining masʼuliyatini oshirish borasida viloyat hokimi oʻrinbosari Otabek Nosirov mutasaddilarga topshiriq berdi.

– Har qanday islohotlar amalga oshirilmasin, qanchadan-qancha qarorlar qabul qilinmasin, barchamiz oʻz vazifamizga masʼuliyat bilan va vijdonan yondoshmas ekanmiz, kutilgan natijalarga erisha olmaymiz, – dedi O.Nosirov. – Shunday ekan, har bir pedagog, rahbarlar izlanishdan, oʻrganishdan toʻxtamaslik lozim.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Otabek Donaboyev maʼlum qilishicha, 2026-yilga borib viloyatda taʼlim muassasalari sonini 395 taga yetkazish rejalashtirilgan. Shundan, 379 tasi davlat taʼlim muassasasi, 16 tasi xususiy taʼlim muassasasidir. Natijada barcha taʼlim muassasalarni bir smenada ishlashiga erishiladi. Bundan tashqari, chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va sertifikatga ega oʻqituvchilar soni 2026-yilgacha 50 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Bitiruvchilarning oliy taʼlimga jalb qilish koʻrsatkichini joriy yilda 30 foizga koʻtarish, 2026-yilga borib taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Oʻquv markazlari” orqali bu koʻrsatkichni 40 foizga yetkazish moʻljallangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish