Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +30.6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda yil davomida qariyb ming kilometr elektr uzatish tarmogʻi qurildi

Sirdaryo viloyatida 2021-yilda 987 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmogʻi qurilishi va eskilarining yangilanishi hisobiga 8556,9 km uzunlikdagi 0,4-110 kV elektr tarmoqlari orqali isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda. 

Shuningdek, aholini elektr energiyasi bilan taʼminlashda 2950 dona turli quvvatdagi transformatorlardan foydalaniladi. Birgina, 2021-yilda 263 dona yangi transformator oʻrnatildi. 

Jumladan, Guliston shahridagi “Markaz” podstansiyasiga 25 000 kVA quvvatga ega boʻlgan yirik transfomator oʻrnatilishi natijasida Guliston shahri va Mirzaobod tumanidagi 30 mingga yaqin aholi va 700 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga elektr energiyasi uzilishlarsiz yetkazib berilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish