Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Isteʼmolchilarga 2021-yilda 13 ming tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berilgan

Sirdaryo viloyatida 199 ming 549 ta xonadonning 78 ming 787 tasiga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. Qolgan 120 ming 762 ta xonadon esa tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan. Yaʼni, viloyat aholisining 60,2 foizi tabiiy gaz, qolgan 39,8 foizi esa suyultirilgan gaz isteʼmolchilaridir.

2021-yil davomida tabiiy gaz isteʼmolchilariga gazni uzluksiz yetkazib berish maqsadida 4 kilometrga yaqin gaz quvurlari taʼmirdan chiqarildi. 1949 dona gaz taqsimlash qurilmasi taftishdan oʻtkazilib, 18 dona gaz taqsimlash qurilmasi mukammal taʼmirlandi. Gaz quvurlarini bosim ostida sinash va tozalash rejasi ham ortigʻi bilan bajarildi. Yer osti gaz quvurlari maxsus uskunalar yordamida nazoratdan oʻtkazildi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish uchun “Hududgaz Sirdaryo” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufida 7 ta MAN, 22 ta ISUZU va 1 ta 320 dona gaz ballon sigʻimiga ega boʻlgan CHAKMAN avtotransport vositalari xizmat koʻrsatmoqda.

2021-yil mobaynida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga jami 13 231,44 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejasi belgilangan boʻlib, amalda 13 295,66 tonnaga, yaʼni 100,5 foizga bajarildi.

Shuningdek, “Hududgaztaʻminot” AJ tomonidan raqamli texnologiyalar joriy etilganligi natijasida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan ID kartalar orqali hisob-kitob qilish yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda isteʼmolchilarga suyultirilgan uglevodorod gazini yetkazib berishda 100 foiz raqamli texnologiya asosida ishlar amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun, 2022-yil I chorak mobaynida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 3 951,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish rejalashtirilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 116,7 foizni tashkil qiladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish