Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Boyovutda 3 nafar egizak dunyoga keldi
Shu yilning 4-yanvar tongida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani Anorzor mahallasida yashovchi 27 yoshli Maftuna Toshpoʻlatova birvarakayiga 3 nafar egizakning onasiga aylandi. 

Guliston shahar tibbiyot birlashmasining akusherlik kompleksida chaqaloqlarning sogʻlom tugʻilishi uchun alohida mutaxassislar va zarur tibbiy jihozlar hozirlandi. 

Kesarcha usulida, asoratsiz oʻtkazilgan tugʻuruq amaliyoti natijasida 2,9 va 2 kilogrammlik ikki nafar qizaloq hamda 3 kilogrammlik oʻgʻil bola dunyoga keldi.  Egizaklarga Madinaxon, Muhammadziyo va Muslimaxon deb ism qoʻyildi.

Ayni paytda goʻdaklarning ahvoli qoniqarli. Shifokorlar ularning zarur vitaminlar hamda ona suti bilan oziqlanishiga bosh-qosh boʻlib turibdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish