Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +0.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi tizimning afzalliklari
Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Yaxshi bilamiz, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu soha bilan bog‘liq.

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko‘paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g‘allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.

Sohaga aloqador boshqarma va tashkilotlar boshliqlari hamda mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida tashkil etilgan seminarda dehqon xo‘jaligi yuritishga, yuridik shaxslarga va ikkilamchi ijaraga yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish va ushbu jarayonda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga alohida ustuvorlik berish mexanizmlariga e’tibor qaratildi.

Seminar ma’ruzachilari yangi tizimning o‘ziga xos jihatlari xususida so‘z yuritdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ–20-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga asosan kelgusi yili paxta va g‘alladan qisqartiriladigan 80 ming gektar yer aholiga dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun berilishi belgilandi. Bu maydonlar ochiq elektron tanlov o‘tkazish orqali, 10 sotixdan 1 gektargacha o‘lchamda, 10 yil muddatga ijaraga beriladi. Bunda yaratiladigan ish o‘rni va dehqonchilik tajribasi asosiy mezon bo‘lib, ehtiyojmand aholiga alohida e’tibor qaratiladi.

Seminarda qisqartiriladigan ekin maydonlarining lotlarga ajratilib, bir oy ichida ochiq elektron tanlovga qo‘yilishini tashkil etish tartiblari ham batafsil ochiqlandi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 gektar maydonda yetishtirilgan paxta xomashyosiga nisbatan uzumdan 7 baravar, gilosdan 6 baravar, yong‘oqdan 5 baravar ko‘p daromad olish hamda ushbu yerlarda oilaviy tadbirkorlik doirasida kichik intensiv bog‘dorchilik, uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va sabzavotchilik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalarning daromadli mehnat bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda.

O‘quv-seminarida ana shunday imkoniyatlardan belgilangan me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari asosida foydalanish tartiblari atroflicha tushuntirildi. Oldinda turgan chora-tadbirlar kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish