Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Diqqat, yangi tashabbus! Intensiv o‘quv kurslari
"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki hamda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamkorligida fermer xo‘jaliklari rahbar va ishchi hodimlari uchun intensiv o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursi viloyatimiz bo‘ylab 3500 ga yaqin fermer xo‘jaliklarini qamrab olishni rejalashtirgan bo‘lib, fermerlar qishloq xo‘jaligi sohasidagi yangiliklar, zamonaviy texnika va texnologiyalar, yerdan unumli foydalanish, innovasion yechimlar, amaliyotda uchraydigan muammolarni bartaraf etishda mahalliy va xorijiy yondashuvlar bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Hozirgi kundagi dolzarb va zarur bo‘lgan suvdan samarali foydalanish texnologiyalari, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullari, chorvachilik va parrandachilik yo‘nalishida innovasion intensiv texnologiyalar, dehqonchilikda hosildorlikni oshirishning zamonaviy usullari, fermer xo‘jaligi menejmenti, tuproq unumdorligi, muammolari va uning sifatini yaxshilash chora-tadbirlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini terish, saqlash, ishlov berish va sotish, qishloq xo‘jaligi marketinggi mavzular o‘quv kurs davomida o‘qitib boriladi.

Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universitet, sohadagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot institutlari, Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha milliy loyihasi, Qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro tashkilotlar hamkorlik qilmoqda.

Mashg’lotlar "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyat boshqarmasi binosida zamonaviy jixozlangan o‘quv xonalarida malakali trenerlar tomonida olib boriladi. O‘quv jarayoni 2021-yilning noyabr oyidan 2022-yilning yakuniga qadar davom etadi.

Tushlik, transport xizmati hamda olis hududlardan kelgan tinglovchilar uchun mehmonxona xizmatlari tijorat banki tomonidan bepul qoplab beriladi.

O‘quv kursiga qatnashish istagida bo‘lganlar telegramm bot orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Shoshiling joylar soni chegaralangan.

Murojaat uchun telefonlar: +998 99 440 44 02, +998 97 278 31 00

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish