Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +0.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryo mahallalarida radiouzellar tashkil etiladi
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda televideniya yoki internet orqali mamlakatimizda va xorijda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida tezkor xabardor bo‘lishning imkoni bor, biroq o‘zimiz yashab turgan mahallada qanday yangiliklar bo‘layotgani haqida o‘z vaqtida xabardormizmi? Albatta, yo‘q!

Avvallari, mahallalar markazida o‘rnatilgan radiouzel orqali yangiliklarni berib borish, muhim e’lonlarni mahalla ahliga tezkor yetkazishning imkoniyati bor edi.

Hozirgi vaqtda mahallalarda har doim ham hammani yig‘ib gaplashish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar bo‘lavermaydi. Mahalla raislarining aholi bilan ochiq muloqoti uchun yetarli sharoit yo‘q. Buning uchun aloqa vositasining o‘zi yo‘q.

Ushbu muammoni hal qilish maqsadida tajriba-sinov tariqasida dastlab Sirdaryo tumanining “Ilg‘or” hamda “Elobod” mahallasida radiouzel tashkil qilindi.

Ushbu radiouzel eshittirishlarida qonun, qaror va farmoyishlar targ'iboti, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.

Shuningdek, milliy qadriyatlarni tarannum etuvchi qo'shiqlar, audio kitoblar, o'zbek va jahon musiqalari aholi e'tiboriga eshittirib boriladi. Kelgusida viloyatning barcha tuman (shahar) larining chekka mahallalarida radiouzellar o'rnatilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish