Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +0.2C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Hokim o‘rinbosari «Bolalar shaharchasi» tarbiyalanuvchilaridan 6 nafarini o‘z qaramog‘iga oldi
Dunyoda ota-ona mehridan ulug‘vor tuyg‘u bo‘lmasa kerak. Mehribonlik uylaridagi tarbiyalanuvchilarni o‘z qaramog‘iga olib, xayrli ishga qo‘l urayotganlar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatida qisqa vaqt ichida oilaviy bolalar uyi beshtaga yetganligi ham bunga yaqqol misoldir.

Guliston shahri "Do‘stlik" mahallasi  "Mirishkorlar" ko‘chasi 45-uyda istiqomat qiluvchi Lazizbek Axmedov  va uning turmush o‘rtog‘i Rayxonaxon anchadan buyon bir ezgu niyatni diliga tugib yurgandi.

Bu oila Guliston shahridagi "Bolalar shaharchasi"dan 4 nafar o‘g‘il va 2 nafar qizni o‘z tarbiyasiga olib, "Yangi O‘zbekiston bolalari" nomli oilaviy bolalar uyini tashkil etdi.

Mahallaning ibratli oilasiga barcha havas bilan qaraydi. Ularning uch o‘g‘il va bir qizi bo‘lib, o‘g‘illari maktabda, qizi esa maktabgacha ta’lim tashkilotida tahsil olmoqda. 

Oila boshlig‘i Lazizbek Guliston shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, turmush o‘rtog‘i Rayxonaxon esa bank xodimasi bo‘lib ishlaydi. Tarbiyaga olingan bolalar uchun xonadonda barcha sharoitlar yaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugunga qadar viloyatning Mirzaobod tumanida bitta, Guliston shahrida uchta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish