Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda “Ijtimoiy tashabbus” va “Mahalla – besh tashabbus beshigi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
Guliston shahridagi Yoshlar markazida “Ijtimoiy tashabbus” va “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovlarining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 3 bosqichda – tuman (shahar) – viloyat – respublika bosqichlarida o‘tkаzilishi belgilangan.

Tanlovlarning tuman (shahar) kesimida o‘tkazilgan hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafardan ziyod ishtirokchi viloyat bosqichida qatnashdi.

Hakamlar hay’ati g‘oliblik sari intilayotgan har bir ishtirokchi bilan yaqindan suhbat qurib, ularning mehnat faoliyati, amalga oshirgan ishlarini aks ettiruvchi fotojamlanma va videolavhalariga e’tibor qaratdilar. Ishtirokchilar o‘z hududining milliy urf-odatlari, rivojlanish va o‘sish sur'atlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarini ham namoyish etishdi.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi yakuniy xulosalariga ko‘ra, “Ijtimoiy tashabbus” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” nominatsiyasi bo‘yicha Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat notijorat tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik sub’ekti” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo tumanida joylashgan “Sirdaryo Mega Luks” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” nominatsiyasi bo‘yicha "Uzreport Axborot agentligi" mas’uliyati cheklangan jamiyati Teleboshlovchisi Dilshodbek Kattabekov, “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” nominatsiyasi bo‘yicha Sirdaryo tumani hokimligi I-o‘ringa munosib ko‘rildi.

“Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovi bo‘yicha esa Sirdaryo tumanidagi “Istiqbol” mahallasi oliy o‘rinni egalladi hamda respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Qatnashchilar viloyat hokimligi hamda Xalq deputatlari viloyat Kengashining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish