Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Endi mening ham o‘z uyim bor”
Sirdaryoda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar yigitga Guliston shahri va Sirdaryo tumanidan uy-joy berildi.

Tadbirda viloyat hokimligi mutaxassislari, sektor rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 9-avgustda “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori imzolangan edi.

Hujjatda o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy joy bilan ta’minlash tartibi belgilangan.

Ta’kidlanishicha, qaror ijrosi doirasida Sirdaryoda 11 nafar Mehribonlik uyi bitiruvchisiga uy berilishi belgilangan. Ruslan Axmedovga Oqibat mahallasi Navoiy ko‘chasidan 3 xonali, Krill Vlasovga Shirin mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uydan 1 xonali hamda Firdavs Yunusovga Adolat mahallasi Temir yo‘l ko‘chasidan 2 xonali uylar topshirildi. Mazkur uylarning barchasi 9 turdagi zaruriy uy jihozlari, jumladan, gilam, stol-stul, muzlatkich, televizor, gaz plita, yotoq mebellari va boshqa jihozlar bilan ta’minlangan.

– Shodligimni cheki yo‘q, – deydi R.Ahmedov. – Bizga ko‘rsatilayotgan mehr, e’tibordan xursandmiz. Bu hayotimdagi eng yorqin lahzalar bo‘lib qoladi. Endi mening ham o‘z uyim bor.

Sirdaryoda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tadbirlari davom etmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish