Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev O‘zbekiston – Qozog‘iston III mintaqalararo forumida ishtirok etmoqda
So‘nggi yillarda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda jadal taraqqiy etmoqda. Bu savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar mustahkamlanishida, ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalarning hayotga izchil tatbiq etilishida o‘z ifodasini topmoqda.

Xususan, birgina Sirdaryo viloyati hamda Qozog‘iston Respublikasining Akmola, Pavlodar va Turkiston viloyatlari o‘rtasida doimiy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Viloyatda Qozog‘iston kapitali asosida 19 ta korxonalar faoliyat yuritib, joriy yilning o‘n oyida Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 
137,3 mln. dollarni, shundan eksport 16,8 mln. dollar va import 120,5 mln. dollarni tashkil etmoqda.  

Joriy yilning 25-26-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Turkiston viloyatida O‘zbekiston-Qozog‘iston III mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tmoqda. 

Mazkur forumda viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev boshchiligida bir qator sirdaryolik ishbilarmon doira vakillari ham ishtirok etmoqda.

Viloyat delegasiyasi forumning dastlabki kunida Qozog‘iston Respublikasining bir qator hudud rahbarlari, salohiyatli kompaniya va savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘kazdi. Salohiyatli korxonalarga tashriflar tashkil etilib, ularning faoliyati va erishgan yutuqlari yaqindan o‘rganildi. 

Uchrashuvlarda Sirdaryo viloyati va Qozog‘iston Respublikasining viloyatlari o‘rtasida kelgusida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qabul qilish va qayta ishlash bo‘yicha yirik savdo-logistika markazi hamda doimiy tarzda sanoat va boshqa sohalarda keng ishlab chiqariladigan mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq masalalar muhokama etildi.

Xususan, Qozog‘istonning Turkiston viloyati hamda Chimkent shahrida kooperasiya asosida mebel ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, takliflar ko‘rib chiqildi. Guliston tumanidagi “AB Trading Bukhara” va Oqoltin tumanidagi “Trade Agro” korxonasi bilan Qozog‘iston kompaniyalari o'rtasida meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. 

Shuningdek, Turkiston viloyatining Jettisay tumani hokimligi hamda Qozog‘iston mahalliy kompaniyalari uchun Guliston shahrida joylashgan “Ekostoun” MCHJ QK tomonidan ishlab chiqarilgan kvars plitalarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Forum doirasida, qiymati 116,7 mln. dollarlik 26 ta, shundan, 72 mln. dollarlik investisiya va 44,7 mln. dollarlik eksport loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishish kutilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish