Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +6.3C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Respublika ishchi guruhi: Sirdaryoda namunali AYoQShlarni aniqlashda shoshib qoldik...
Yoqilg‘i quyish shoxobchasi — avtomobil bakini yoqilg‘iga to‘ldirib olish barobarida yana bir qancha xizmatlardan foydalaniladigan maskan hisoblanadi. Misol uchun, yo‘limizda bemalol davom etishimiz uchun g‘ildiraklarni damlash, mashina oynalarini yuvish yoki do‘kondan mahsulot xarid qilish va eng muhimi sanitar-gigiyenik xonalar kabi xizmatlardan foydalansa bo֥‘ladi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan yoqilg‘i quyish shоxobchalarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida bir qancha normativ-huquqiy hujjatlar, qaror va farmonlar qabul qilingan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, respublika va hududiy ishchi guruh a’zolari tomonidan joriy yilning 22-24-noyabr kunlari viloyatning Mirzaobod, Sayxunobod, Oqoltin, Guliston, Sardoba, Sirdaryo tumanlari va Guliston shahrida joylashgan 20 ga yaqin avtomobillarga yoqilg‘i quyish shоxobchalarida o‘rganishlar olib borildi. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra 5 ta yoqilg‘i quyish shоxobchasida xizmat ko‘rsatish talab darajasida emasligi tufayli faoliyatini qisqa muddatga to‘xtatish choralari ko‘rildi.

Aholi va sayyohlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish borasidagi faoliyatini namunaviy tarzda yo‘lga qo‘ygan yoqilg‘i quyish shоxobchalari rahbarlari e'tirof etildi. 
Bugun viloyat musiqali drama teatrida o‘rganish yakunlari va eng namunali yoqilg‘i quyish shоxobchalari rahbarlarini taqdirlash maqsadida tantanali tadbir dasturi bo‘lib o‘tdi.

- Respublikamizda 4 mingdan ziyod yoqilg‘i quyish shoxobchasi mavjud bo‘lsa, shundan 105 tasi Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. O‘rganishlarimiz davomida viloyatda eng yaxshi yoqilg‘i quyish shоxobchalarini saralash biroz qiyin bo‘ldi. Sababi, mavjud shоxobchalarning deyarli barchasida aholiga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish yuqori darajada yo‘lga qo‘yilgan, - dedi respublika ishchi guruh rahbari Muhayyo Xayitova. 

Yutuqlar bilan birgalikda bir qancha kamchiliklar borligi ham ta’kidlandi. Jumladan, Oqoltin tumani M39 avtomagistral yo‘l bo‘yida joylashgan "Mega trans oil" MCHJga qarashli yoqilg‘i quyish shоxobchasidagi sanitariya-gigiyenik holat juda achinarli ekanligi qayd etildi.

Sirdaryo viloyati poytaxt bilan boshqa viloyatlarni bog‘lab turuvchi ko‘prik vazifasini bajarar ekan, bunday salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Shoxruh Isakulov ishchi guruhga o‘z minnatdorchiligini bildirar ekan, avvalgi yillardagi o‘rganish va monitoring ishlari natijasida yoqilg‘i quyish shоxobchalarida aholiga xizmat ko‘rsatish hamda qo‘shimcha xizmatlar sifati ancha yaxshilanib borayotganligi va bunda hududiy ishchi guruhlarning o‘rni ahamiyatli ekanligini qayd etdi.

Yakunda viloyat bo‘yicha faoliyati namunaviy deb topilgan AGTKS, AGQS, AYOQSH rahbarlari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Unga ko‘ra:

                        • “Politex Sirdaryo MCHJ” – “Eng yaxshi AYOQSH” (Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shоxobchasi);
                        • “Davr osha MCHJ” – “Eng yaxshi AGTKS” (Avtomobillarga gaz quyish shоxobchasi);
                        • “Asil boylik MCHJ” – “Eng yaxshi AGQS (Avtomobillarga propan to‘ldirish kompressor shоxobchasi) deb topildi.

San’at ustalari ishtirokidagi chiqishlar, ular ijro etgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar taqdirlash marosimiga yanada tantanavorlik bag‘ishladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish