Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +8.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Viloyat hokimi Guliston tumanidagi "Istirohat bog‘i"ning qurilish ishlari bilan tanishdi
So‘ngi yillardagi ulug‘ bunyodkorlik ishlari, mamlakatimiz tarixiga zarhal harflar bilan bitilmoqda. Viloyatimizning eng chekka tumanlari ham yangilanib, uzoqni o‘ylab tuzilgan reja asosida izchil rivojlanib, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Muhtasham inshootlar, turar-joylar, ijtimoiy ob’yektlar, yo‘l va ko‘priklar, so‘lim bog‘ va xiyobonlar barpo etilmoqda.

Xususan, Guliston tumanida shu yilning o‘zida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari, 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etildi. Yillar davomida ta’mirtalab bo‘lib turgan "Madaniyat saroyi" to‘liq rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 11 ta ko‘p qavatli hamda 76 ta 0.02 ga yer maydonli uy-joylar qurilishi davom etmoqda. Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. 

Tumanda “Istirohat bog‘i”ni qurish ishlari boshlangan. Loyiha tuman markazi – “Dehqonobod” shaharchasining “Ibrat” mahallasi hududida joylashadi.

Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev mazkur bog‘ loyihasi va dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.

Qariyb 1,10 gektar maydonda landshaftli bog‘, favvoralar, madaniy-ommaviy tadbirlar uchun maydon va sahna, 300 o‘rinli amfiteatr, 10 dan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, bolalar o‘yingohi, attraksionlar o‘rin olishi ko‘zda tutilgan.

Tashkil etiladigan yangi madaniyat va istirohat bog‘ida qurilish ishlari 2022 yil mart oyiga qadar davom etadi va Navro‘z ayyomi arafasida foydalanishga topshiriladi.

Viloyat rahbari bog‘ loyihasi bilan tanishar ekan, mazkur maskan tuman aholisi va mehmonlarning sevimli dargohlaridan biri bo‘lishi kerakligini, odamlar hordiq chiqarishi uchun barcha zarur qulayliklar, atrof-muhit musaffoligini ta’minlaydigan infratuzilma barpo etish lozimligini ta’kidladi.

“Eng muhim vazifa – odamlarning dam olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bu ham madaniyat, – dedi Gʻofurjon Mirzayev. – Bu yerda sayr qilish uchun imkoniyat yaratish va turli attraksionlar o‘rnatish bilan cheklanmay, so‘lim bog‘ni kattayu kichik uchun sevimli hordiq maskaniga aylantirish zarur”.

Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini yuksak mahorat, chuqur bilim, zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarida manzarali daraxt va butalarni ko‘proq ekish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish